Annotatsiya

Maqolada Qashqadaryo viloyati misolida avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda 2021–2025-yillarda “Toza havo” tadbirlari doirasida o‘tkazilgan ekologik nazorat natijalari, avtotransport vositalarining chiqindi gazlari hamda turli motor yoqilg‘ilarining ekologik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Tahlilda tavsifiy, qiyosiy va mantiqiy umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Natijalarga ko‘ra, tekshirilgan avtotransport vositalarining o‘rtacha 5% ida atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalar belgilangan me’yordan yuqori ekanligi aniqlangan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilda respublika bo‘yicha qayd etilgan ulush (0,9 %) bilan qiyoslangan va farq tekshiruv davri, tanlanma hamda nazorat shartlari bilan izohlangan. Turli motor yoqilg‘ilarining ekologik ko‘rsatkichlari qiyosiy baholanib, transport vositalarini gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatilgan. PF-46-son Farmon maqsadlariga erishish uchun yagona metodika asosida yillik raqamli ekologik monitoring yuritish taklif etilgan

Foydalanilgan adabiyotlar

1. World Health Organization. Transport: sectoral solutions for air pollution and health. – Geneva: WHO, 2025. – URL: https://www.who.int/publications/i/item/B09368.

2. World Bank. Air quality assessment for Tashkent and the roadmap for air quality management improvement in Uzbekistan. – Washington, DC: World Bank, 2024. – URL: https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan/publication/air-quality-assessment-for-tashkent.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2026.

4. European Environment Agency. Emissions of air pollutants from transport in Europe: indicator assessment, data through 2023. – Copenhagen: EEA, 2025. – URL: https://www.eea.europa.eu/en/analysis/indicators/emissions-of-air-pollutants-from.

5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. Qancha avtomobil eko-nazoratdan o‘tkazildi? [Elektron resurs]. – 24.04.2024. – URL: https://eco.gov.uz/uz/site/news?id=4107.

6. Eshonqulov R., Uzakov Z., Yusupov I., Boyirov Z. Ekologiya: darslik. – Qarshi: Intellekt, 2023.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2019.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 202-son qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2021.

#avtotransport #atrof-muhit #tashlama #atmosfera havosi #“Toza havo” tadbiri #ekologik nazorat #motor yoqilg‘isi