Annotatsiya
Mazkur maqolada Toshkent viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) dinamikasining asosiy tendensiyalarini statistik baholash masalalari tadqiq etilgan. Hududiy iqtisodiy o‘sish jarayonlarini miqdoriy jihatdan tahlil qilishda yalpi hududiy mahsulotning mutlaq o‘zgarishi, o‘sish sur'atlari, qo‘shimcha o‘sish sur'atlari va dinamik qatorlarning asosiy statistik ko‘rsatkichlaridan foydalanishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, YAHMning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiy o‘zgarishlarini o‘rganish, uning o‘sish tendensiyalarini aniqlash va hudud iqtisodiy rivojlanishining statistik qonuniyatlarini baholashga alohida e'tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari asosida Toshkent viloyatida iqtisodiy o‘sish dinamikasini kompleks statistik baholash hamda hududiy iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishning uslubiy asoslari shakllantirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Solow R.M. A contribution to the theory of economic growth // The Quarterly Journal of Economics. – 1956. – Vol. 70, № 1. – P. 65–94.
2. Romer P.M. Endogenous technological change // Journal of Political Economy. – 1990. – Vol. 98, № 5, Part 2. – P. S71–S102.
3. Usmonov B.B. Ijtimoiy statistika: o‘quv qo‘llanma / prof. X.N. Nabiyev tahriri ostida. – T.: TDIU, 2004. – 112 b.
4. Nabiyev H., Ahmedova M. Iqtisodiy statistika: darslik. – T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2021. – 380 b.
5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy sayti [Elektron resurs]. – URL: https://stat.uz.
6. Toshkent viloyati statistika boshqarmasining rasmiy sayti [Elektron resurs]. – URL: https://toshvilstat.uz.
7. Soatov N.M., Nabiyev N.G‘., Aybjonov A.H. Amaliy statistika: darslik. – Toshkent, 2020. – 593 b.