Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada notipovoy qomatli (homilador) ayollar uchun mo‘ljallangan tug‘ruqoldi qo‘llab-quvvatlovchi moslama texnologiyasini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Namangan viloyatidagi 100 nafar respondent o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida homilador ayollarning raqamli monitoring va gigiyenik xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanib, bandaj texnik eskizi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari tana o‘lchamlari dinamikasiga moslashuvchi ushbu innovatsion yechim tug‘ruqoldi qo‘llab-quvvatlovchi moslama orqali homila salomatligini masofaviy nazorat qilish va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Kirish. Aqlli kiyimlar – bu tarkibiga sezgi elementlar(datchik), mikrochiplar va o‘tkazgich tolalar integratsiya qilingan, inson tana holati va atrof-muhit o‘zgarishlarini real vaqt rejimida sezish hamda tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori texnologik kiyimlardir. Ular yurak urishi, tana harorati, nafas olish chastotasi va harakat dinamikasi kabi fiziologik ko‘rsatkichlarni monitoring qilib, ma’lumotlarni simsiz aloqa (Bluetooth/Wi-Fi) orqali mobil ilovalarga uzatadi [1]. 2026-yilgi zamonaviy tibbiyot va yengil sanoatda ushbu texnologiya homilador ayollar salomatligini masofadan nazorat qilish va notipovoy qomatlarda biomexanik muvozanatni saqlashning eng samarali innovatsion yechimi hisoblanadi [2].

#Kalit so‘zlar: Homiladorlik #notipovoy qomat #smart-bandaj #datchiklar integratsiyasi #antropometriya #raqamli monitoring #ergonomika #kiyim dizayni.