Annotatsiya
Ushbu maqolada ochiq konlarda raqamli marksheyderlik ma’lumotlari asosida qazib olish jarayonlarining geometrik aniqligi, hajmiy hisoblash ishonchliligi va o‘lchash samaradorligini kompleks baholash metodikasi taklif etiladi. Metodik yondashuv global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimi (GNSS) yordamida aniqlangan tayanch va mustaqil nazorat nuqtalarini, uchuvchisiz uchish apparati (UUA) fotogrammetriyasini hamda LiDAR (Light Detection and Ranging) texnologiyasi asosida olingan nuqtalar bulutini uch o‘lchamli modellashtirish bilan integratsiyalashga asoslanadi. Turli davrlarda shakllantirilgan raqamli sirt modellarini yagona koordinata va balandlik tizimiga keltirish, ularni moslashtirish hamda sirtlar orasidagi farqni aniqlash ketma-ketligi ishlab chiqilgan. Geometrik aniqlik mustaqil nazorat nuqtalari bo‘yicha o‘rtacha kvadratik xato (RMSE) va o‘rtacha absolyut xato (MAE) orqali, hajmiy hisoblash ishonchliligi esa nisbiy hajmiy tafovut orqali baholanadi. O‘lchash samaradorligini miqdoriy aniqlashda dala o‘lchovlari va ma’lumotlarni qayta ishlashga sarflangan vaqtni hisobga olish taklif etiladi. Mazkur yondashuv ochiq konlarda qazib olish hajmlarini davriy nazorat qilish, karyerning uch o‘lchamli raqamli modelini yangilash va kon ishlarining geometrik holatini monitoring qilish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Raeva P.L., Filipova S.L., Filipov D.G. Volume Computation of a Stockpile – A Study Case Comparing GPS and UAV Measurements in an Open Pit Quarry. The International Archives of the Photogrammetry, Remote Sensing and Spatial Information Sciences, XLI-B1, 999–1004, 2016. DOI: 10.5194/isprs-archives-XLI-B1-999-2016.
2. Kazakov A.N., Fazilova D.H., Khamitov N.A. Monitoring Slope Displacements at the Kalmakyr Open-Pit Mine Using GNSS and GAMIT/GLOBK Processing. Technical Science and Innovation, 2025, No. 3. DOI: 10.59048/2181-1180.1737.
3. Surface Change and Stability Analysis in Open-Pit Mines Using UAV Photogrammetric Data and Geospatial Analysis. Drones, 2025, 9(7), 472. DOI: 10.3390/drones9070472.