Annotatsiya
Ishning maqsadi – biologik faol fenoksiatsetatlar qatoriga kiruvchi fenilfenoksiatsetat (FFA) olishning bir bosqichli, xavfsiz va sanoatda qo'llashga yaroqli usulini ishlab chiqishdan iborat. Natriy fenolyatni metall natriy va natriy gidroksid yordamida olishga asoslangan ikki usul taqqoslandi; fenolyatning xloratsetilxlorid bilan reaksiyasi benzol muhitida, uning qaynash haroratida olib borildi. Sintez qilingan moddaning tuzilishi element analiz, IQ, 1H va 13C YaMR spektroskopiya usullari bilan tasdiqlandi. Natriy gidroksidli usulda sintez vaqti 10 soatdan 5 soatgacha qisqarishi va mahsulot unumi ortishi aniqlandi. Natijalar asosida benzol va suv retsikliga ega bir bosqichli texnologik sxema ishlab chiqildi. Taklif etilgan texnologiya yong'in xavfini bartaraf etadi va yashil kimyo tamoyillariga yaqinlashish imkonini beradi; biroq bunda benzolni kamroq zaharli erituvchi bilan almashtirish talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mamatkulov N.N., Yakubov L. E. Madusmanova N.K., Khoshimkhanova M.A. Method for the Synthesis and Bioavailability of Phenol-4-Methoxyphenoxy-acetate by Nucleophilic Exchange Reaction // Nat. Volatiles & Essent. Oils, 2021. -№ 8(5). -P. 12140-12144.
2. Mamatkulov N.N., Khoshimkhаnova M.A. Devolopment of the mechanism of action and reaction of O-chloracetylation // International Journal of advanced Research in Science, Engineering and Technology. 2020.-Vol. 7. –Is. 1. -P. 12636-12639.
3. Mamatkulov N.N., Yakubov L E. Synthesis of o-tolylphenoxyastatin through a nucleophilic substitution reaction from o-toluoyl chloride and examination of it’s biological activity // Nat. Volatiles & Essent. Oils, 2021. -№ 8(5). -P. 12125-12131.
4. Mamatkulov N. N., Xatamova D. M. m-Tolilxlorasetat asosida m-tolil-4-metilfenoksiasetat sintez usuli // FarDU. Ilmiy xabarlar. Farg’ona 2024. №6. -B. 8-13.
5. Маматкулов Н.Н. Определение оптимальных условий синтеза п-толилбензоилоксиацетата // Вестник науки и образования научно-методический журнал. Москва, 2020. -№ 10 (88). -часть 2. -С. 19-21.
6. Маматкулов Н.Н. Влияние соотношения реагентов и катализатора на выход реакции хлорацетилирования фенола и изомерных крезолов // UNIVERSUM: Технический науки. Научный журнал. Москва, 2021. -№4 (82). -С. 77-80.