Annotatsiya

Mazkur maqolada murakkab tarkibli oltin rudalarining mineralogik va kimyoviy xususiyatlari, ularda oltinning uchrash shakllari, tasnifi hamda qayta ishlash jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Oson qayta ishlanadigan oltin rudalari zaxiralarining kamayib borishi sharoitida sulfidli, uglerodli va polimetall tarkibli rudalarni samarali o‘zlashtirishning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Murakkab tarkibli rudalarni qayta ishlashda gravitatsion boyitish, flotatsiya, mayin yanchish, oksidlovchi kuydirish, bosimli oksidlash, biooksidlash va gidrometallurgik eritish texnologiyalarining imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, jahon tajribasi va O‘zbekiston oltin sanoati misolida murakkab mineral xomashyodan kompleks foydalanish, oltin bilan birga yo‘ldosh metallarni ajratib olish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilingan. Tahlil natijasida murakkab tarkibli oltin rudalarini qayta ishlashda yagona universal texnologiya mavjud emasligi, samarali texnologik sxemani tanlash rudaning mineralogik tarkibi va oltinning mineral fazalardagi holatini chuqur o‘rganishga bog‘liqligi asoslangan

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Afenya P.M. Treatment of carbonaceous refractory gold ores // Minerals Engineering. – 1991. – Vol. 4, № 7–11. – P. 1043–1055.

2. Fraser K.S., Walton R.H., Wells J.A. Processing of refractory gold ores // Minerals Engineering. – 1991. – Vol. 4, № 7–11. – P. 1029–1041.

3. Komnitsas C., Pooley F.D. Mineralogical characteristics and treatment of refractory gold ores // Minerals Engineering. – 1989. – Vol. 2, № 4. – P. 449–457.

4. Fuzaylov O.U., Sayfullayev F.I., Majidova I.I., Jabborova S.G‘. Исследование способов интенсификации процесса обжига сульфидных золотосодержащих концентратов с применением микроволнового излучения // Journal of Advances in Science and Engineering Technology. – 2022. – № 2 (6).

5. Aripov A.R., Fuzaylov O.U., Sayfullaev F.I., Qurbonov M.N. Murakkab oltin tarkibli ruda va konsentratlarning maydalanish va sianlanish qobiliyatini yaxshilash uchun mikroto‘lqinli energiyadan foydalanish // Sanoatda raqamli texnologiyalar. – 2023. – № 2.

6. Sirojov T.T., Sayfullayev F.I., Qurbonov M.N., Yuldosheva Sh.J. Oltin va mis tarkibli rudalarni kompleks qayta ishlash texnologiyasini tadqiq qilish // Sanoatda raqamli texnologiyalar. – 2024. – № 2 (4). – B. 105–109. – DOI: 10.70769/3030-3214.SRT.2.4.2024.57.

7. Aripov A.R., Sayfullayev F.I., Qurbonov M.N., Jabborova S.G‘. Murakkab tarkibli xomashyolardan qimmatbaho metallarni ajratib olish jarayonida gidrometallurgik usullarning ilmiy asoslari va amaliy qo‘llanilishi // Sanoatda raqamli texnologiyalar. – 2025. – № 3 (1). – B. 91–98. – DOI: 10.70769/3030-3214.SRT.3.1.2025.23.

8. Aripov A., Sayfullayev F., Qurbonov M., Ikromov A. Murakkab oltin tarkibli rudalarni ultramayin yanchish jarayoni nazariy asoslari va amaliy ahamiyati. – 2026. – B. 27–39. – DOI: 10.24412/2181-144X-2026-2-27-39.

9. Aripov A.R., Sayfullayev F.I., Qurbonov M.N., Jabborova S.G‘. Oltin saqlovchi rudalarni ekologik jihatdan xavfsiz qayta ishlash imkoniyatlari // Sanoatda raqamli texnologiyalar. – 2025. – № 3 (4). – B. 84–88. – DOI: 10.70769/3030-3214.SRT.3.4.2025.29.

10. Surimbayeva M. et al. Refractory gold sulfide concentrates: processing approaches and technologies. – 2024.

11. Azimov O.A., Sattarova Sh.G‘., Narzullayev J.N., Asrorov A.A. Dastlabki ultratovushli ishlov berishning rudadan oltinning markazdan qochma konsentratsiyasi samaradorligiga ta’siri // Sanoatda raqamli texnologiyalar. – 2025. – № 3 (4). – B. 42–46.

12. U.S. Geological Survey. The mineral industry of Uzbekistan // Minerals Yearbook. – Reston: USGS.

#murakkab tarkibli oltin rudalari #sulfidli minerallar #uglerodli rudalar #refrakter rudalar #mineralogik tarkib #flotatsiya #biooksidlash #bosimli oksidlash