Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada bezgak kasalligining Turkiston o‘lkasida tarqalishi, aholining iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga ta’siri o‘rganilgan. Xususan, Turkiston ASSRda ocharchilik va yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi, aholi nufusining kamayib ketishiga olib kelganligi asoslangan. Maqolani yozishda O’zbekiston milliy arxivi materiallari va davriy matbuotda chop etilgan maqolalar tahlili, xolislik va tarixiylik prinsiplari asosida yondashilgan. Sovet hokimiyati bezgak kasalligiga qarshi kurashga qishloq xo’jaligi. Xususan, paxtachilikni tiklash zarurati yuzasidan majbur bo‘lgan. Ammo ko‘rilgan choralar shifokorlar, dori-darmon va moddiy-texnik baza yeyishmasligi tufayli yetarli bo‘lmadi.
Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʼra, har yili bezgak kasalligidan 300-500 million odam kasallanib, 1,25-1,27 million odam halok boʼladi. Oʼzbekiston 2006 yilda JST tomonidan “bezgaksiz hudud” deb tan olingan boʼlsada, kasallikning tashqaridan kirib kelish xavfi yoʼqolmagan. XX asr birinchi choragida Turkiston o‘lkasida eng koʼp tarqalgan kasallik bezgak boʼlib, aholiga ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan koʼplab muammolar tugʼdirgan. Turkiston oʼlkasida bezgakning endemik oʼchoqlari mavjud boʼlib, kasallik aholi oʼrtasida doimiy ravishda yilning barcha fasllarida kuzatilgan. Yilning avgust va sentyabr oylarida esa, kasallik tarqalishi oʼzining avj nuqtasiga yetgan.