Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada tuproqqa ishlov berish chuqurligi va uning barqarorligini boshqaradigan qurilma uchun elektrosilindr tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan nazariy tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlarda tuproqqa ishlov berish chuqurligi va uning barqarorligini boshqarish qurilmasining qo‘zg‘aluvchan qismini qo‘zg‘almas qismiga nisbatan harakatini ta’minlaydigan elektrosilindrining shtogiga tushadigan yuklanish 2,669 kN ni tashkil etishi aniqlandi va shunga asosan tuproqqa ishlov berish chuqurligi va uning barqarorligini boshqarish qurilmasining qo‘zg‘aluvchan qismini qo‘zg‘almas qismiga nisbatan harakatini ta’minlash uchun Progressive PA-35 elektrosilindr qabul qilindi.

Kirish. Ma’lumki, ishlov berish chuqurligi va uning barqarorligi (bir tekisliligi) barcha tuproqqa ishlov berish mashinalarining asosiy ish ko‘rsat-kichlari hisoblanadi. Ishlov berish chuqurligi talab darajasida bo‘lsa va uning barqarorligi, ya’ni bir tekisda bo‘lishi ta’minlansa, ekinlarni bir tekis rivojlanishi va pishib yetilishiga hamda ulardan yuqori hosil olinishiga erishilinadi, aks holda esa, ya’ni belgilangan ishlov berish chuqurligi va uning barqarorligi ta’minlanmasa – o‘simliklarni notekis rivojlanishi va pishib yetilishi kuzatiladi, hosildorlik 12-15 foizga pasayadi. Bular Respublikamiz va boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan [1-5]. Shu sababli ham har bir tuproqqa ishlov berish mashinasi uchun ishlov berish chuqurligi va uning belgilangandan chetlanishlari(notekisligi)ga qat’iy talablar va cheklanishlar qo‘yilgan.

#Kalit so‘zlar: tuproqqa ishlov berish chuqurligi va uning barqarorligi #traktor osish mexanizmining yuqorigi va pastki tortqilari #ularda hosil bo‘ladigan kuchlar #elektrosilindr.