Annotatsiya
Annotatsiya: Ushbu maqolada kiberxavfsizlik sohasidagi asosiy tahdidlar va ularni bartaraf etishning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, axborot tizimlari va tarmoqlarni himoyalashning samarali mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.
So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur kirib bordi. Davlat boshqaruvi, bank-moliya tizimi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat va transport sohalarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Raqamlashtirish jarayoni samaradorlikni oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini bersada, u bilan birga kiberxavfsizlik bilan bog‘liq yangi tahdidlarni ham yuzaga keltirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik masalalariga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF–6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida axborot xavfsizligini ta’minlash, kiberxavfsizlik tizimini rivojlantirish va zamonaviy himoya mexanizmlarini joriy etish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan [1].