Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur maqolada jadal ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida yoshlarda kambag‘allikning dinamikasida rag’bat motiviga bog‘liqligi tahlil qilinadi. Rag‘bat motivining psixologik, ijtimoiy va iqtisodiy ildizlari ko‘rib chiqilib, uning yoshlarning kasbiy rivojlanishi, mehnat bozoridagi pozitsiyasi hamda ijtimoiy moslashuviga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. O‘zbekistonda kambag‘allik darajasining pasayishi yoshlarning ta’lim olish, kasb egallash, mehnat bozoriga kirish, tadbirkorlikka intilish va o‘z hayotini yaxshilashga bo‘lgan ichki motivatsiyasi kambag‘allikni qisqartirishning muhim ichki omili sifatida asoslangan. Maqola yoshlar siyosatida rag‘batlantirishni oshirish va professional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlarni shakllantirish zarurligini ilmiy asoslaydi.
Yoshlar o’rtasidagi kambag’llik muammosi zamonaviy jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalardan biridir. Ta'lim tizimlarining rivojlanishi, mehnat bozorining kengayishi va turli ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishiga qaramay, yoshlarning katta qismi to'liq ijtimoiy va iqtisodiy integratsiya uchun cheklangan imkoniyatlarga duch kelmoqda. Yoshlar kambag’llik muammosi nafaqat moddiy ta'minotsizlikda, balki sifatli ta'lim, barqaror ish bilan ta'minlash, ijtimoiy resurslar va o'zini o'zi anglash imkoniyatlaridan cheklangan foydalanishda ham namoyon bo'ladi. Yoshlar orasida kambag‘allikni kamaytirishda tashqi iqtisodiy ko‘mak bilan bir qatorda ichki rag‘bat motivini kuchaytirish masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, aynan motivatsiya shaxsning mavjud imkoniyatlardan foydalanishga, o‘z ustida ishlashga va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘tarilishga bo‘lgan intilishini shakllantiradi.