Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada Respublikamizning turli hududlarda yetishtirilgan soyaning o‘lcham massa ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlar keltirilgan. Turli o‘rim sharoitlari, ya’ni kam yoki yuqori hosilli, o‘t bosgan yoki yotib qolgan, namligi maqbul me’yorlardan past bo‘lgan sharoitda yig‘ishtirib olish texnologiyasining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda soyaning o‘lcham-massa tavsifini o‘rganishni taqozo qiladi.

Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 fevraldagi “Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 105-sonli qarori bilan o‘tgan 2018 yilda 31,8 ming gektardan ortiq maydonlarga asosiy va takroriy ekin sifatida soya yetishtirilgan, 2021 yilga ortib bu ko‘rsatkich 17,3 ming gektarga ko‘paygan, bu ko‘rsatkichlardan ma’lum bo‘ladiki, yildan-yilga soya yetishtirish ortib bormoqda [1-5].

Respublikamizda soyani keng miqyosda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda ushbu ekinning o‘ziga xos jihatlari hamda uni turli hududlar sharoitida yetishtirish bo‘yicha mukammal, to‘laqonli kompleks xarakterdagi agrotexnologiyaning ishlab chiqilmaganligi sababli hozircha mazkur ekinni yetishtirishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.

Yetishtirilgan hosilni tez va sifatli yig‘ishtirib olish talab etiladi. Respublikamiz sharoitida moyli ekinlar bilan soyani ham g‘alla kombaynlari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ishtirib olinadi. Soya va boshqa moyli ekinlarning har bir turini pishib yetilishi, o‘lcham-massa va fizik-mexanik ko‘rsatkichlari turlicha bo‘lib, biri-biridan keskin farq qiladi.

Soya va boshqa moyli ekinlarni yetishtirish va yig‘ishtirib olishda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, xo‘jaliklar sharoitidan kelib chiqib resurstejamkor texnologiyasi va uni amalga oshiradigan ekish va yig‘ishtirish mashinalarini turli ekish va o‘rim sharoitiga rostlash hamda ishlatish bo‘yicha Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan xamkorlikda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining “Don va ozuqa ekinlarini yig‘ishtirish mashinalari” laboratoriyasi va Namangan davlat texnika universitetida kompleks tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

#Kalit so‘zlar. Soya o‘simligi #soyaning o‘lcham massa ko‘rsatkichlari #poya #dukkak #qatorda poyalarning joylashuvi #kombayn #past o‘rish apparati #segment #poyani kesish #tezlik.