Annotatsiya
Annotatsiya: texnologik qoldiq kuchlanishlarning dislokatsiya modeli va uning intensivligini mashina detallarining yuza qatlamining sifat energetik mezonlari - yashirin (zaxiraviy) deformatsiya energiyasi orqali baholash taqdim etilgan. Shuningdek, taxminlar va matematik modellarni asosli hisobga olgan holda bajarilgan va tajribada tasdiqlangan analitik tadqiqotlarning qiymati,, detallarning yuza qatlami sifatining shakllanish mexanizmini ochib berish uchun universal yondashuvni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan. Mikrodeformatsiyalar va mikrokuchlanishlarning paydo bo‘lishi yarimkristallning elastik va plastik xususiyatlarining mikroskopik bir jinslimasligi natijasi hisoblanadi, shuningdek, uning kristall donalari tuzilishidagi nomukammalliklar, ya‘ni dislokatsiyalar bilan bog‘liqligi keltirilgan.
Kirish. Yuza qatlam sifati parametrlarining, xususan, eng muhim parametr – qoldiq kuchlanishlarning analitik tadqiqotlari va metallarni mashina detallarini mexanik ishlashda elastik-plastik deformatsiyalashning haqiqiy jarayonini tavsiflovchi adekvat modellarni qurish, tajriba tadqiqotlari bilan bir qatorda dolzarb hisoblanadi. Tajriba tadqiqotlarining ahamiyati nazariy yechimlarning adekvatligi yoki noadekvatligi isbotida, shuningdek, tajriba sharoitlariga mos keladigan xususiy qonuniyatlarni aniqlashda namoyon bo‘ladi [1-3].
Asosli taxminlar va matematik modellar hisobga olingan holda bajarilgan va tajribada tasdiqlangan analitik tadqiqotlarning qiymati, detallarning yuza qatlami sifatining shakllanish mexanizmini ochib berish uchun universal yondashuvni ishlab chiqish imkoniyatidan iborat. Ushbu yo‘nalish chegaradosh va o‘zaro bog‘liq fanlar bilimlarini qamrab oladi (qattiq jismlar fizikasining dislokatsiyalar nazariyasi, elastiklik va plastiklik nazariyasi, bir tomonlama jarayonlar termodinamikasi, issiqlik fizikasi) va kristall tuzilishning chiziqli nomukammalliklari – dislokatsiyalarni hosil qilish, harakatlanish va yo‘qotishning uzluksiz jarayoni bo‘lgan metall plastik deformatsiyasi haqidagi mikro va makro tasavvurlarni loyihalashni (loyiha qilishni) maqsad qiladi.
Detallarning yuza qatlamidagi barcha fizik-mexanik parametrlarning o‘zgarishlari kesuvchi yoki mustahkamlovchi asbob bilan kontakt ta‘sirlashuvi natijasida termodinamika qonunlariga muvofiq energetik nisbatlar transformatsiyasi natijasida sodir bo‘ladi.