Annotatsiya

Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada 1924-1941-yillarda O‘zbekiston hududida chorvachilik sohasining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, sovet agrar siyosati ta’siri, kollektivlashtirish jarayonlari, chorva bosh sonining o‘zgarishi hamda urush arafasidagi holati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada chorvachilikning an’anaviy shakllaridan rejali xo‘jalik tizimiga o‘tish jarayonidagi muammolar va oqibatlar ochib beriladi.

Kirish. 1924-yilda Oʻrta Osiyoda amalga oshirilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (OʻzSSR) tashkil topdi. Bu siyosiy-hududiy o‘zgarish nafaqat ma’muriy chegaralarni belgilash bilan cheklanmadi, balki respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy tizimiga ham tub o‘zgarishlar olib kirdi. Milliy davlat sifatida yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Sovet hokimiyati qishloq xo‘jaligi va sanoatning rivojlanishiga, shuningdek, chorvachilikni modernizatsiya qilishga qaratilgan bir qator institutsional islohotlarni boshlab berdi.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti agrar yo‘nalishga ega bo‘lib, aholining katta qismi qishloq joylarda yashardi. Qishloq aholisi uchun chorvachilik nafaqat daromad manbai, balki kundalik oziq-ovqatning asosiy ta’minotchisi edi. Chorvachilik, xususan qo‘y, qoramol va tuya boqish, hududning iqlim va geografik sharoitlariga moslashgan holda rivojlangan. Shu bilan birga, 

#chorvachilik #kollektivlashtirish #qishloq xo‘jaligi #sovet agrar siyosati #O‘zbekiston.