Annotatsiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada talabalarning o‘quv jarayonida kreativ fikrlashini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi. Talabalarda noodatiy fikrlash va original yechimlar topish qobiliyatini shakllantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, fanlararo yondashuvlar hamda psixologik motivatsiyaning o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada tanqidiy va divergent tafakkurni rivojlantirishga yordam beruvchi ta’limiy muhitni yaratish, shaxsning ijodiy salohiyatini shakllantirish vositasi sifatida mustaqil tadqiqot faoliyatining ahamiyati alohida ta’kidlangan.

Kirish. Bugungi globallashuv, raqamli transformatsiya va intellektual iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri talabalar tafakkurini yangicha yo‘naltirish, ularda kreativ fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishdir. Chunki XXI asrda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun insondan nafaqat tayyor bilimlarni egallash, balki yangilik yaratish, muammolarga noodatiy yondashish, tezkor fikrlash va ijodiy qarorlar qabul qilish qobiliyati talab etiladi. Shu bois kreativ tafakkurni rivojlantirish masalasi zamonaviy pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalarining dolzarb ilmiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.

Usullar. Kreativ fikrlash – bu shaxsning mavjud bilim, ko‘nikma va tajribalarini noodatiy tarzda uyg‘unlashtira olish, yangicha g‘oyalar yaratish hamda muammoli vaziyatlarga original va samarali yechim topish qobiliyatidir. U nafaqat tasavvur va fantaziyaga, balki mantiqiy tahlil, tanqidiy yondashuv va chuqur mushohadaga ham tayanadi. Kreativ fikrlash jarayonida inson mavjud qolip va stereotiplardan chiqib, masalaga turli nuqtayi nazardan qarashni o‘rganadi. Natijada esa yangilik, innovatsiya va ijodiy mahsul vujudga keladi[1].

#Kalit so‘zlar: kreativ tafakkur #innovatsion texnologiyalar #pedagogik jarayon #motivatsiya #mustaqil ta’lim #ijodiy salohiyat.