Annotatsiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada insoniyat taraqqiyotida vorisiylik va merosiylik tamoyillarining o‘rni hamda ilm-fan va madaniyatning jamiyat rivojidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning jamiyat va inson haqidagi ijtimoiy-falsafiy qarashlariga qaratilgan. Allomaning borliq, jamiyatning kelib chiqishi, mehnat taqsimoti, ilm-fanning moddiy ehtiyojlar asosida shakllanishi, inson aqli va erkin tanlovining ijtimoiy taraqqiyotdagi roli haqidagi g‘oyalari yoritiladi. Shuningdek, Beruniyning deistik qarashlari, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, geografik omilning inson hayotiga ta’siri haqidagi fikrlari tahlil etiladi.

Kirish. Insoniyat taraqqiyoti uzluksiz vorisiylik va merosiylik tamoyillari asosida shakllanib kelgan murakkab tarixiy jarayondir. Har bir avlod o‘zidan oldingi avlod yaratgan ilmiy, madaniy va ma’naviy boyliklarga tayanib, ularni boyitadi va keyingi avlodlarga yetkazadi. Shu ma’noda tarixiy meros jamiyat rivojining uzviy tarkibiy qismi, taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Ayniqsa, ilm-fan va madaniyatning yuksalishi davlat va jamiyatning ma’naviy salohiyatini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir.

Usullar. O‘rta asrlar Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan taraqqiyoti davlat homiyligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Ana shunday tarixiy sharoitda yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri – Abu Rayhon Beruniydir. Uning boy ilmiy-falsafiy merosi nafaqat tabiiy fanlar, balki jamiyatshunoslik, falsafa, madaniyat va inson muammolarini chuqur tahlil etishi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi.

#Kalit so‘zlar: Abu Rayhon Beruniy #jamiyat #inson #ilm-fan #vorisiylik #meros #ijtimoiy taraqqiyot #mehnat taqsimoti #deizm #madaniyat #aql-idrok #ma’naviy meros.