Annotatsiya
Annotatsiya:Mazkur maqolada O‘zbekistonda kambag’allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan islohotlar. 2017-yildan boshlangan yangi islohotlar davrida kambag’allikni qisqartirish borasida olib borilgan yangicha yondashuvlar va ularni aholi turmush darajasini yaxshilashdagi tutgan o‘rni tahlil qilingan.
rivojlanish strategiyasidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Xususan, mamlakatimizda ham mustaqillik yillarida barcha sohalar qatori aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish e’tibor qaratildi. Bugungi kunda kambag‘allik muammosi dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Aholining munosib turmush darajasini ta’minlash, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash hamda barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish kambag‘allikni qisqartirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli ham zamonaviy davlat siyosatida kambag‘allikni kamaytirish masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham kambag‘allikni qisqartirish muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifa sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kambag‘al oilalarni aniqlash va ularga tizimli yordam ko‘rsatish maqsadida yangi institutsional mexanizmlar joriy etilib, bu jarayon davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylantirildi.