Annotatsiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada ishlab chiqilgan tavsiyalar asosan avtotransport vositalaridan ekspluatatsiya davrida ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdorini aniqlash, avtotransport vositalaridan ekspluatatsiya davrida hosil bо‘layotgan shovqin miqdorlarining hamda changlar va zaxarli gazlarning zararlilik darajasini tajriba yо‘llari bilan aniqlash, ekspluatatsiya davridagi konstruktiv faoliyatini oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda ekspluatatsiya davridagi faoliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Kirish. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026 yillarda О‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bо‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-307-son qarorida soha vazirliklari, ishlab chiqarish va xо‘jalik birlashmalari, ta’lim muassasalari mutaxassislari oldiga fan, oliy ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, “Yashil belbog‘” О‘zbekiston havosini yaxshilash bо‘yicha avtomobil transportidan chiqayotgan zaharli gazlar miqdorini kamaytirish bо‘yicha takliflariga mos yangi tо‘qimachilik mahsulotlaridan ishlab chiqish mahsulotlarini kо‘paytirish vazifalari yuklatilgan. Yuqoridagilarni e’tiborga olib, 2021-yil 2-martdagi “Mega invest industrial” MCHJ QK (2023 yildan korxona “ROCKFIBER” MCHJ QK deb nomlanadi) hamda Jizzax politexnika institutining 2021-5-sonli hamkorlik shartnomasi doirasida bazalt pilik (roving)lardan tо‘qimachilikda foydalanish yо‘nalishida dastlabki izlanishlar olib borilgan. Mahalliy bazalt pilik (roving)lardan olovga va yuqori haroratga chidamli, issiqlik izolyatsion shnur olish texnologiyasi yaratilgan, shundan foydalanib avtomobil transportidan chiqayotgan zaxarli gazlar miqdorini kamaytirish bо‘yicha bazalt filtrlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Shu maqsadda, ekologik muhitni ximoya qilish uchun issiqbardosh tirikataj maxalliy maxsulotlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir [1,2].

#Annotatsiya. Ushbu maqolada ishlab chiqilgan tavsiyalar asosan avtotransport vositalaridan ekspluatatsiya davrida ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdorini aniqlash #avtotransport vositalaridan ekspluatatsiya davrida hosil bо‘layotgan shovqin miqdorla