Annotatsiya

Annotatsiya: maqolada konstruksion va zanglamaydigan po‘latlardan tashkil topgan payvand birikmalarining sirt tozaligini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqilgan. Kesish, jilvirlash va Rolik yoki po‘lat soqqani dumalatib ishlov berish usullarining sirt g‘adir-budurligi (Ra) va mikrotuzilishiga ta’siri qiyosiy o‘rganilgan. Grafik tahlili shuni ko‘rsatadiki, rolik yoki po‘lat soqqani dumalatib ishlov berish usulida sirt gadir budirligi ma’lum bir vaqtda o‘zining minimal qiymatiga erishishi mumkinligini va yuzani sifati va mustaxkamligi 20-25 % oshganini ko’rsatgan.

Kirish. Mashinasozlikda har xil turdagi po‘latlarni (masalan, past uglerodli Ст3 va yuqori legirlangan 12X18H10T) payvandlash orqali biriktirish keng tarqalgan. Bunday birikmalarning asosiy muammosi – chok va chok atrofi zonasidagi (ChAZ) metallning fizik-mexanik xususiyatlari bir-biridan keskin farq qilishidir.

Payvandlashdan keyin chok yuzasida shlak qoldiqlari, mikrotshiqlar va notekisliklar qoladi. Bu nuqsonlar korroziya markazlari bo‘lib xizmat qiladi va detalning charchashga chidamliligini kamaytiradi. Shuning uchun chokni mexanik ishlov berish orqali Ra ko‘rsatkichini minimal darajaga tushirish texnologik zaruriyatdir.

#Kalit so‘zlar: payvand choki #Ra #g‘adir-budurlik #kesish #jilvirlash #prokatlash (burnishing) #qoldiq kuchlanishlar #metallografiya.