Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada pushtalar tepasiga minimal ishlov beradigan kultivator ish organlari seksiyasining ishlov berish chuqurligi bo‘yicha barqaror harakati nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Olingan natijalar bo‘yicha pushtalar tepasiga ishlov beradigan kultivator ish organlari seksiyasining ishlov berish chuqurligining bir tekisligi talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun u, ya’ni ish organlari seksiyasi parallelogramm mexanizmi bosim prujinasining bikirligi 8,27 kN/m dan kam bo‘lmasligi lozim.

Kirish. Jahonda urug‘larning sifatli ekilishini ta’minlash uchun yerlarni tayyorlash hamda ekishda qo’llaniladigan energiya-resurstejamkor, ish unumi va sifati yuqori bo’lgan texnika vositalarini ishlab chiqish va ularning ish ko’rsatkichlarini oshirish yetakchi o’rinni egallamoqda. Zamonaviy qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bir qancha texnologik jarayonlarni qo’shib bajarishni ta’minlaydigan resurstejamkor texnologiyalar asosida ekinlarni etishtirishda tuproqqa minimal ishlov berish muammosi alohida ahamiyatga ega [1].

Pushta tepasiga minimal ishlov berishda tuproqning fizik-mexanik xossalari hamda pushta tepasi profilining o‘zgaruvchanligi tufayli ish organlari seksiyasiga ta’sir etuvchi kuchlar doimiy ravishda o‘zgarib turadi [2,3] va bu ish organlarining tuproqqa botish chuqurligining o‘zgarishiga va ishlov berish chuqurligining notekis bo‘lishiga olib keladi. Natijada urug‘larning talab darajasidagi bir tekis chuqurlikka ekilishi va undirib olishini ta’minlanmaydi.

#Kalit so‘zlar: kultivator #ishchi seksiya #ish organlari #prujina bikirligi #parallelogramm mexanizm #differensial tenglam #pushta #ishlov berish chuqurligi.