Annotatsiya
Annotatsiya. Ushbu maqolada yuvish vositalari ishlab chiqarish sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi va Ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarish hamda chiqindisiz texnologiyalarni yolga qo‘yish borasida tadqiqotlar o‘tkazildi yog‘-moy korxonalari chiqindilaridan biri ya’ni gil tuproq tanlab olindi. Uning tarkibi xossalari o‘rganilib tarkibidagi yog‘dorligi sinovdan o‘tkazildi. Albatta keyingi jarayonlarda shu natijalar asosida yuvish vositalari tarkibiga qo‘shimcha modda sifatida tavsiya etiladi.
Kirish. Ikkilamchi resurslarni samarali qayta ishlash va ular asosida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish muammosi barcha sanoati rivojlangan davlatlar uchun dolzarb hisoblanadi. Biroq, ikkilamchi resurslarni maksimal darajada qayta ishlashning muhimligi va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga qaramay, hozirgi kunda ulardan foydalanish darajasi hali ham yetarli emas va optimal ko‘rsatkichlardan ancha pastligicha qolmoqda
Mamalakatimizda so‘nggi yillarda ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi zavod va fabrikalarni ko‘payishi va ishlab chiqarish salohiyatini ortishi barchamizga birdek malum.Albatta bu aholi turmush darajasini yaxshilanishiga va istemol savatini to‘lishiga olib keladi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor .Ishlab chiqarish jarayonida ajralib chiqayotgan minglab tonnalab chiqindilar va ularni utilizatsiya qilish masalasi ishlab chiqaruvchilar oldida ko‘ndalang turibti. Shularni hisobga olib biz mana shu ishga qo‘l urdik. Chunki yog‘ moy korxonalaridan ham yiliga tonnalab chiqindilar ajralib chiqadi va ular katta katta uyumlarni hosil qilib atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vaholanki, bu chiqindilar tarkibida qimmatbaho moddalar bor jumladan yog‘ moy korxonalardan chiqqan oqava suvlar tarkibida fosfolipidlar sirt faol moddalar bor,soapstok albatta undan xo‘jalik sovun ishlab chiqarishda foydalaniladi lekin to‘liq emas, ishlatilgan gil tuproq undagi disperslik ham juda muhim ahamiyatga ega. Biz mana shu xususiyatlarini hisobga olib ishlatilgan gil tuproqdan foydalanishni ya’ni ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qildik.