Annotatsiya

Maqolada Namangan shahrida transport tizimini samarali boshqarish masalalari va IoT (Internet of Things) texnologiyalarini joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda shahar transport oqimining o‘sish dinamikasi, jamoat transportidan foydalanish darajasi hamda mavjud muammolar tahlil qilingan. Xalqaro tajriba (Singapur, Moskva, Seul, Toshkent) misolida aqlli svetoforlar va yo‘lovchi oqimi sensorlarining samaradorligi yoritib berilgan. Namangan sharoitida BRT (Bus Rapid Transit) tizimini IoT bilan integratsiya qilishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan. Ushbu yondashuv transport tirbandliklarini kamaytirish, yo‘lovchilarning kutish vaqtini 30 foizgacha qisqartirish, jamoat transportidan foydalanish ulushini 7–9 foizga oshirish hamda CO₂ chiqindilarini 17 foizga kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.

Zamonaviy shaharlar va davlatlar oldida turgan eng muhim masalalardan biri – transport tizimini samarali boshqarishdir. Aholi sonining o‘sishi, avtomobillar sonining ko‘payishi va urbanizatsiya jarayoni transportda tirbandliklar, yoqilg‘i sarfi, vaqt va ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu muammolarga yechim sifatida Internet of Things (IoT) texnologiyalari keng joriy qilinmoqda. IoT texnologiyasining transportdagi mohiyati Transport sohasida IoT – bu turli transport vositalari, yo‘l infratuzilmalari va boshqaruv tizimlarining internet orqali o‘zaro bog‘lanishi va ma’lumot almashishidir. Sensorlar, GPS modullar, aqlli svetoforlar, video kuzatuv kameralar va dasturiy tizimlar yordamida transport jarayoni nazorat qilinadi va optimallashtiriladi
#IoT #aqlli svetoforlar #BRT #sensorlar #tirbandlik darajasi #Smart Transport #GPS-trackers #Smart parking.