Annotatsiya
Maqolada Andijon shahri sharoitida yo‘lovchilar talabini aniqlash, transport turini tanlashni Logit modeli orqali baholash va jamoat transportiga ustuvorlik berish orqali xizmat ishonchliligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Bobur shoh, Navoiy shoh, Cho‘lpon shoh va A. Temur ko‘chalari bilan bog‘langan shartli markaziy transport koridori qabul qilindi. Usul sifatida OD-talab, headway variatsiyasi, yo‘lovchining o‘rtacha kutish vaqti, signal kechikishi va safar vaqti ko‘rsatkichlari birlashtirilgan ssenariyli model qo‘llandi. Bazaviy va TSP + holding ssenariylari Monte-Karlo hisoblashlari asosida taqqoslandi. Natijalar ustuvor boshqaruv signal kechikishi va headway o‘zgaruvchanligini sezilarli kamaytirishi, jamoat transportining nisbiy jozibadorligini oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Taklif etilgan yondashuv Andijon shahrida ajratilgan yo‘laklar, signal ustuvorligi va real vaqt monitoringini bosqichma-bosqich joriy etishda qarorlarni asoslash uchun qo‘llanishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ–190-son “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi PQ–139-son “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
4. Andijon viloyati hokimligi. Information about public transport. 2026. URL: https://gov.uz/en/marhamat/sections/view/169830 (murojaat sanasi: 24.08.2026).
5. Andijon viloyati hokimining 2025-yil 31-yanvardagi 39-1-0-Q/25-son qaroriga 5-ilova. Andijon shahri bo‘yicha birinchi darajali ko‘chalar ro‘yxati. 2025.
6. Ortúzar J. de D., Willumsen L.G. Modelling Transport. 4th ed.- Chichester: Wiley, 2011.- 607 p.
7. Transportation Research Board. Transit Capacity and Quality of Service Manual. TCRP Report 165, 3rd Edition.- Washington, DC, 2013.
8. PTV Group. PTV Vissim- Multimodal Traffic Simulation Software. URL: https://www.ptvgroup.com/en/products/ptv-vissim (murojaat sanasi: 24.08.2026).
9. Nasirov Ilxam Zakirovich. “Transport oqimini modellash va simulyatsiyalash”. O‘quv qo‘llanma– “Omadbek print number one” MCHJ. Andijon: 2026.– 358 b.
10. Nasirov I.Z. Intellektual transport vositalarining texnologiyalari. Darslik.// Andijon: “Omadbek print number one” MCHJ- 2026-396 b.
11. Nasirov I.Z. Intellektual transport tizimlari. Darslik // Andijon: “Omadbek print number one” MCHJ- 2024-212
12. Nasirov I.Z. Transport telematikasi. Darslik.// Andijon: “Omadbek print number one” MCHJ- 2026-248 b.