Annotatsiya
Ushbu maqolada shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida transport vositalari va piyodalar harakatini svetoforlar yordamida tashkil etish hamda boshqarish samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi svetofor boshqaruvining mavjud tamoyillarini tahlil qilish, svetofor sikli, takt va fazalarining transport oqimi harakatiga ta’sirini baholash hamda transport oqimining o‘zgaruvchan parametrlariga moslashuvchi boshqaruv usullarini asoslashdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, taqqoslash, matematik modellashtirish elementlari, transport oqimlarini boshqarish nazariyasi va svetofor sikllarini tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Svetoforlarning o‘zgarmas va o‘zgaruvchan boshqarish rejimlari, shuningdek, avtonom va muvofiqlashtirilgan boshqarish tizimlari tahlil qilindi. Natijalar svetofor boshqaruvini transport oqimining real vaqt parametrlariga moslashtirish, qo‘shni chorrahalar ishini muvofiqlashtirish va “yashil to‘lqin” rejimini qo‘llash transport oqimining uzluksizligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot asosida shahar ko‘chalarida adaptiv svetofor boshqaruvini joriy etish, transport detektorlari va raqamli boshqaruv vositalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Аdabiyotlar
1. Azizov Q.X. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. – 244 b.
2. Azizov Q.X. Shahar yo‘llarida harakat xavfsizligini tashkil etish. Darslik. – Toshkent: “Transport” nashriyoti, 2021. – 226 b.
3. Baynazarov X.R., Xolmatov U.S. Yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalari. Darslik. – Andijon: Omadbek print number one MChJ, 2025. – 259 b
4. Xolmatov U.S. Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari. Darslik. – Andijon: Omadbek print number one MChJ, 2025. – 419 b.
5. U.X.Mamirov Jamoat transportida tashishni tashkil etish va boshqarish darslik. Namangan: “Fazilat orgtex servis”, 2024. - 384-bet.
6. O‘z DSt 3485:2022 Yo‘l svetoforlari. Turlari va asosiy parametrlari. Umumiy texnik talablar. Sinov usullari.
7. U.X.Mamirov, M.X.Imomov,. Chorrahada transport oqimini optimallashtirishning nazariy hisob-kitoblari va mikrosimulyatsiya orqali samaradorligini baholash (Namangan shahri misolida). “Ishlab chiqarish va sanoatda transport tizimlarining innovatsion istiqbollari: FarDTU Avtomatlashtirish, raqamli transformasiya va ekologik samaradorlik” Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy – texnikaviy anjumani, 2026-yil, 27-28 mart.
8. M.X.Imomov, A.A.Boydavlatov,. Namangan shahri I.Karimov va va G‘alaba ko‘chalari kesishgan chorrahaning transport harakatini optimallashtirishning nazariy va amaliy asoslari. “Ishlab chiqarish va sanoatda transport tizimlarining innovatsion istiqbollari: FarDTU Avtomatlashtirish, raqamli transformasiya va ekologik samaradorlik” Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy – texnikaviy anjumani, 2026-yil, 27-28 mart.