Annotatsiya

Maqolada qurilish konstruktsiyalarining yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish, temirbeton konstruktsiyalarni tayyorlash jarayonlarida beton qorishmasini kombinatsiyalashgan po‘lat va bazaltni dispers armaturalash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Kombinatsiyalashgan fibrotolali beton nafaqat beton elementlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishga imkon beradi, balki ularga quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni ham yaxshilaydi betonning cho‘zilishdagi kuchlanishini, yoriqbardoshligini, zarb bardoshligini, shuningdek, yuk ko‘tarish qobiliyatini ham oshiradigan tajriba natijalari keltirilgan.

O‘tgan asrning oxiri va yigirmanchi asrning dastlabki yillaridan boshlab qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarishda og‘ir va yengil betonlarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha qator tadqiqotlar O‘zbekistonda va ko‘plab xorijiy mamlakatlarda jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarning asosiy maqsadi dunyoda eng ko‘p qo‘llaniladigan material betonning mustahkamligini oshirish bilan birga uning deformatsiyalanuvchanligini kamaytirish va natijada iqtisodiy samaradorlikka erishishdan iborat. Ma’lumki beton kompozit material hisoblanadi. Betonning mustahkamligini, uzoq muddatlarga chidamliligini oshirishning turli usullari mavjud. Shulardan biri betonga turli materiallarning tolalarini qo‘shib, uning mustahkamligini oshirish, ayrim hollarda dispers armaturalash yordamida po‘lat armaturalarni tejash imkoniyatlari ham paydo bo‘ladi.
#konstruksiya #beton qorishmasi #kombinatsiyalashgan po‘lat va bazalt #dispers armaturalash #kombinatsiyalashgan fibro tolali beton #cho‘zilishdagi kuchlanish #yoriqbardoshligi #zarb bardoshligi #yuk ko‘tarish qobiliyati.