Annotatsiya

Ushbu maqolada bug‘doydan bo‘shagan maydonlarda tuproqning namligi kamayib, qattiqligi ortgan sharoitda takroriy ekinlar urug‘larini sifatli ekish uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalashgan agregatning konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni tadqiq etilgan. Bunda agregatning bir o‘tishida pushta tepasidagi o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlarni kesish, tuproqni belgilangan chuqurlikda yumshatish, tekislash, kesaklarni maydalash hamda pnevmatik ekish seyalkasi bilan takroriy ekinlar urug‘larini aniq miqdorlarda ekish ishlari amalga oshiriladi. Urug‘larni sifatli ekilishini ta’minlashda pushta tepasida mayin tuproq hosil qilish uchun rotаsion yumshаtkichning parametrlari nazariy tadqiq etilgan.

Kombinatsiyalashgan agregat, pushta tepasi, minimal ishlov berish, yassi disklаr, rotаsion yumshаtkich, ko‘ndаlаng mаsofа, ko‘ndаlаng pichoqlаr, tik yuklаnish, takroriy ekin, texnologik jarayon. 

#Kombinatsiyalashgan agregat #pushta tepasi #minimal ishlov berish #yassi disklаr #rotаsion yumshаtkich #ko‘ndаlаng mаsofа #ko‘ndаlаng pichoqlаr #tik yuklаnish #takroriy ekin #texnologik jarayon