Annotatsiya

Paxta xom-ashyosini dastlabki qayta ishlash jarayonida quritish katta ahamiyatga ega. Paxtani quritish issiqlik energiyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, elektr energiyasi, gaz yoki suyuqlik yoqilg‘ilaridan foydalanishni talab etadi. Shu o‘rinda paxta xom-ashyosini quritish uchun issiqlik energiyasi sarfi, uning taqsimlanishi va foydali ish koeffitsiyentini aniqlash fundamental vazifa hisoblanadi. Ushbu maqolada paxta xom-ashyosini tabiiy va sifat ko‘rsatkichlarini saqlash, hamda ishlab-chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatini beradigan texnologiyalar, xususan paxtani xom-ashyosini quritish jarayonida issiqlik energiyasi sarfi va uning taqsimlanishini aniqlash uchun olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari asosidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Paxta xom-ashyosini dastlabki qayta ishlash jarayonida quritish paxta xom-ashyosining belgilangan namligini texnologik me’yorda tavsiya etilgan qiymatlarga keltirish lozim, bunga erishish esa keyinchalik tozalash uskunalarining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlaydi. Shuning uchun paxta xom-ashyosini quritish texnologik jarayonni asosiy va zaruriy operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Paxta materialini quritishning ko‘plab ma’lum usullari mavjud. Xom paxtani quritish uchun hozirgi kunda asosan konvektiv usul qo‘llaniladi, unda xom paxta atmosfera havosi yoki uning tabiiy gaz yoki boshqa yoqilg‘i issiqlik generatorida yonish mahsulotlari bilan aralashmasi bilan isitiladi. Konvektiv usul paxta xom ashyosini mahalliy va xorijiy quritish uchun ishlatiladi [1].
#Paxta xom-ashyosi namligi #paxta xom-ashyosini quritish #issiqlik miqdori #boshlang‘ich namlik #bug‘lash #quritish kamerasi #issiqlik #issiqlik sarfi.