Annotatsiya
Ushbu maqolada tok qatorlari orasiga keng tasmasimon usulda mineral o‘g‘itlar solish jarayonini takomillashtirish maqsadida laboratoriya sharoitida olib borilgan eksperimental tadqiqotlar batafsil yoritilgan. Tadqiqot jarayonida konussimon sochgichlarning konstruktiv-parametrik xususiyatlari, ularning o‘g‘it tasmasi kengligiga, o‘g‘it granulalarning solinish notekisligiga hamda umumiy ish jarayonining texnologik ko‘rsatkichlariga ta’siri kompleks ravishda o‘rganildi. Olingan eksperimental natijalar tahlili asosida o‘g‘it solish ish organlarining optimal konstruktiv parametrlarini aniqlash, tasmaning barqaror shakllanishini ta’minlash hamda o‘g‘itlagich agregatining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqildi.
Qator oralariga o‘g‘it solishning optimal texnologiyasini ishlab chiqish tokzor agrotexnikasining muhim yo‘nalishlaridan biridir. O‘g‘itning bir tekis solinishi tuproq unumdorligini oshiradi, ildiz tizimining rivojlanishini yaxshilaydi va hosildorlikka bevosita ta’sir qiladi. Keng tasmasimon usulda o‘g‘it solish jarayonining samaradorligi asosan o‘g‘itlagich ish organlarining konstruktiv parametrlariga bog‘liq. Shu sababli, ushbu tadqiqotda konussimon sepgich parametrlari laboratoriya sharoitida chuqur o‘rganildi [1].
Ish organining parametrlarini asoslash va maqbul qiymatlarini aniqlash uchun tajribaviy tadqiqotlar laboratoriya va dala sharoitida o‘tkaziladi. Laboratoriya sharoitida o‘g‘itni keng tasmasimon va u bo‘yicha notekis solinishiga asosi ellips bo‘lgan konussimon sochgich parametrlari ta’siri o‘rganiladi va maqbul parametrlari aniqlanadi.
#o‘g‘it solish
#konussimon sochgich
#laboratoriya tadqiqoti
#tasma kengligi
#notekislik
#parametrlarni maqbullashtirish.