Annotatsiya
Ushbu maqolada g‘o‘za tupining asosiy poyalarining ustki qismlarini chilpish jarayonini mexanizatsiyalashtirishda qo‘llanilgan mavjud qurilmalar va ularning konstruktiv yechimlari tahlil qilingan. Dastlab qo‘lda bajarilgan chilpish jarayonini mexanizatsiyalashtirish maqsadida ishlab chiqilgan G7 budama mashinasi, ChVX-4, ChVX-4M, ChVX-3.6 va ChHT-4B qurilmalarining tuzilishi, ishlash prinsipi hamda texnologik ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilgan [1]. Shuningdek, paxta chilpish mashinalarida pichoq yuritmasining mexanik va gidravlik turlari, kesish balandligini sozlash imkoniyatlari hamda ishchi organlarning konstruktiv xususiyatlari tahlil etilgan [ 2]. Mavjud qurilmalarning asosan 60 va 90 sm qator oralig‘iga mo‘ljallanganligi, ularning konstruksiyasini 76 sm qator oralig‘ida yetishtirilayotgan g‘o‘za uchun takomillashtirish zarurligi asoslangan. Tahlil natijasida gidravlik yuritmali, ishchi organlari teng taqsimlangan va g‘o‘za tupining yuqori qismini minimal shikastlanish bilan chilpishga imkon beruvchi qurilmani ishlab chiqish istiqbolli yo‘nalish sifatida belgilangan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Paxta tupining asosiy poyalarining ustki qismlarini chilpish qurilmalariga oid konstruktiv va texnologik materiallar.
2. ChVХ-4, ChVХ-4M, ChVХ-3.6 va ChHT-4B qurilmalarining texnik tavsiflari.
3. G‘o‘za tupining asosiy poyalarini mexanizatsiyalashgan holda kesish bo‘yicha patent materiallari.
4. AQSh Patenti №3,017,732. Cotton stalk cutting machine.
5. AQSh Patenti №3,561,197. Cotton topping apparatus.
6. AQSh Patenti №4,062,171. Cutting apparatus.
7. AQSh Patenti №2,578,963. Cotton topping/cutting apparatus.
8. Раев Б.Г. Чеканка хлопчатника приспособлением ChВХ-4. – Ташкент: Госиздат УзССР, 1961. – 51 с.
9. Гадоева М. Механизированная chеканка хлопchатника. – Душанбе: Таджикгосиздат, 1963. – 15 с.