Annotatsiya
Maqolada ildiz-meva kovlagich elevatori yo‘naltirgichining parametrlarini asoslash bo‘yicha nazariy tadqiqotlarning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan hamda muammoning ilmiy-texnik yechimi bo‘yicha tadqiqot yo‘nalishi belgilangan. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, tuproq-iqlim sharoitining o‘zgaruvchanligi sababli, ildiz-meva kovlagichlar bilan yig‘ishtirishda ildizmevalarning tuproqdan ajralishi qiyinlashib, elaklanish jarayoni murakkablashadi va natijada, mashinaning ortiqcha yuklanishi sodir bo‘ladi. Ushbu muammoni hal qilishda ildizmevalardagi tuproq massasi elevator yuzasi bo‘ylab ma’lum burchakda siljitilishi talab etiladi. Bundan tashqari, agrotexnik talab bo‘yicha elevatordan tushgan ildiz-mevalar yer yuzasiga 80 cm gacha kenglikda tashlab ketilishi zarur. Yuqoridagi talablarni bajarish maqsadida ildiz-meva kovlagich elevatoriga yo‘naltirgich o‘rnatilgan.Tadqiqotning maqsadi elaklanadigan massani elevator kengligi bo‘yicha ma’lum burchakda yo‘naltirib, ildiz-mevalarni eng kam zararlagan holda, to‘liq elaklanishi va ularning yer yuzasiga belgilangan kenglikda tashlab ketilishini ta’minlaydigan universal ildiz-meva kovlagichni elevatori yo‘naltirgichining parametrlarini asoslashdan iborat. Ildiz-meva kovlagich elevatori yo‘naltirgichining geometrik va kinematik parametrlari o‘rganib chiqildi. Yo‘naltirgichning konstruktiv parametrlari va uning kinematik ko‘rsatkichlari nazariy jihatdan asoslandi. Universal ildiz-meva kovlagich elevatori yo‘naltirgichining quyidagi ratsional parametrlari aniqlandi: by = 20 cm.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Norchayev D., Norchayev R. Ildizmeva kovlagich. Yevroaziatskiy soyuz uchenix – Eurasian Union of Scientists, 2019. № 4 (61). 55–57-b.
2. Listopad G.Ye., Demidov G.K., Zonov B.D. va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. – M.: Agropromizdat, 1986 - 688 b.
3. Alakin V.M., Nikitin G.S. Kartoshka kovlagichning texnologik jarayonini tadqiq etish natijalari// Selskohozyaystvenniye mashini i tehnologii – Agricultural Machines and Technologies; - M.: 2018. - №5. – B .14-19
4. Nikitin G.S., Alakin V.M., Plaxov S.A. Rotorli kartoshka kovlagichning intensiv ajratish zonasidagi ishchi organlarining aylanish ratsional tezligini aniqlash// Agrarniy nauchniy jurnal – Agrarian Scientific Journal, M.: 2019. - №6. – B. 96-100
5. Jain M., Rani V., Kumar A. Traktor yordamida boshqariladigan sabzi kovlagichni loyihalash va ishlab chiqish. Agricultural Mechanization in Asia, Africa and Latin America, 2018 - № 3 (49). pp -79-85.
6. Zhongcai W., Hongwen L., Yijin M., Chuanzhu S., Xueqiang L., Wenzheng L., Guoliang S. Zarbani qayd etish texnologiyasi asosida kartoshka va tuproqni ajratish jarayonini tajribaviy tadqiq etish va tahlil qilish. International Journal of Agriculture and Biology, 2019. – № 5 (12). – B. 71-80.
7. Lu G.Y., Shang S.Q., Wang D.W., Li J.D., Han W.P., He X.N. Sabzi yig‘ishtirish mashinasining ishchi qismlarini tadqiq etish. Journal of Agricultural Mechanization Research, 2016. - № 2. - B. 119-122.
8. Pramod R.A., Moses S.C., Aalam R.N. Traktor yordamida tortiladigan kartoshka kovlagichning sozlanadigan elevatorini samaradorlik jihatidan baholash. International Journal of Current Microbiology and Applied Sciences, 2018. - № 7 (11). – B 1502-1513.
9. Petersen T., Hampf H. Kartoshka omborining qabul qilish qismida pnevmatik ajratish tizimidan foydalanish. Agrartechnik, 1984. - № 7 (34). – B. 314–316.
10. Ahmed M.O., Abd El-Wahab M.K., Tawfik M.A., Wasfy K.I. Kichik xo‘jaliklarga mos sabzi hosilini yig‘ishtirish uchun tajriba mashinasini baholash. Zagazig Journal of Agricultural Research, 2018. - № 1 (45) - B. 213–226.