Annotatsiya
Maqolada davlat ishtirokidagi yirik sanoat korxonasida raqamli korporativ boshqaruvni tashkil etishning institutsional mexanizmi ishlab chiqilgan. UzAuto Motors AJning amaldagi korporativ organlari, raqamli loyihalari va ochiq boshqaruv ma’lumotlari tahlil qilinib, kuzatuv kengashi, ijroiya rahbariyat, biznes jarayonlari, IT, ma’lumot egalari, risk, komplayens va ichki audit o‘rtasidagi qaror huquqlari aniqlashtirilgan. Taklif etilgan mexanizm ISO/IEC 38500ning baholash-yo‘naltirish-monitoring mantiqi, OECD tamoyillari, COBIT va Uch chiziq modelini birlashtiradi. Raqamli siyosat, tashabbuslar portfeli, ma’lumotlar boshqaruvi, nazorat va mustaqil ishonch yagona boshqaruv sikliga keltirilgan. Ilmiy yangilik sifatida texnologiya egasi, data owner, benefit owner va control owner rollari bilan bog‘langan raqamli RACI hamda kengash uchun qarorga yo‘naltirilgan hisobot paketi taklif etilgan
Foydalanilgan adabiyotlar
1. OECD. G20/OECD Principles of Corporate Governance. OECD Publishing, 2023.
2. OECD. OECD Guidelines on Corporate Governance of State-Owned Enterprises 2024. OECD Publishing, 2024.
3. ISO. ISO/IEC 38500:2024 Information Technology - Governance of IT for the Organization. Geneva, 2024.
4. ISACA. COBIT 2019 Framework: Introduction and Methodology. ISACA, 2018.
5. The Institute of Internal Auditors. The IIA’s Three Lines Model. 2020.
6. O‘zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonuni, O‘RQ-370, 2014.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Raqamli O‘zbekiston - 2030 strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni, 2020.
8. UzAuto Motors AJ. Jamiyat ustavi, 2024-yil 23-iyuldagi tahrir.
9. UzAuto Motors AJ. 2026-yil 5-martdagi 6-son muhim fakt va tasdiqlangan tashkiliy tuzilma.
10. Weill P, Ross J W. IT Governance. Harvard Business School Press, 2004.
11. Turel O, Bart C. Board-Level IT Governance and Organizational Performance. European Journal of Information Systems. 2014;23(2):223-239.
12. DAMA International. DAMA-DMBOK2 Revised. 2nd ed. Technics Publications, 2024.