Annotatsiya

Maqolada mahalliy suv isitish qozon qurilmalarini samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy yechimlar tahlili keltirilgan. Mavjud suv isitish qozon qurilmalarida tejamkor texnologiyalardan yetarli darajada qo‘llanilmaganligi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Issiqlik ta’minoti suv isitish qozon qurilmalarini takomillashtirishning iqtisodiy samadorliklari keltirlgan. Olingаn nаtijаlаr, tаkomillаshtirilgаn qozon qurilmаsini issiqlik sаmаrаdorligi 10–15 foizgа oshgаnligini, yoqilg‘i vа issiqlik sаrfini sеzilаrli dаrаjаdа kаmаygаnligini ko‘rsаtdi.

Bugungi kunda turar-joy binolarida mahalliy isitish tizimlarini optimallashtirish va energiya resurslaridan samarali foydalanish eng dolzarb vazifalardan biridir. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish va yoqilg‘i sarfini tejash imkonini beradi. Energiya tejaydigan suv isitish qozon qurilmalari va ular bilan bog‘liq quvur tizimlarining mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan texnik va gidrodinamik parametrlarini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bu jarayon suv isitish qozon qurilmalarini issiqlik samaradorligi, quvur diametri, issiqlik o‘tkazuvchanligi va gidrodinamik parametrlarini aniqlashni talab qiladi [1]. Suv isitish qozon quvurlari parametrlarini hisoblash nafaqat tizimning barqaror ishlashini ta’minlaydi, balki energiya yo‘qotishlarini minimallashtirish orqali umumiy jarayon xarajatlarini ham kamaytiradi. Bu suv sarfi, bosim pasayishi va issiqlik izolyatsiyasining samaradorligi kabi ko‘plab omillarni hisobga oladi. Bundan tashqari, u mahalliy iqlim sharoitlari va qurilish qoidalariga asoslangan yechimlarini tanlash zarurligini ta’kidlaydi.
#Issiqlik #qozon qurilmasi #harorat #energiya samaradorlik #issiqlik yo‘qotishlari.