Annotatsiya

maqolada Geoaxborot tizimi bilan jihozlangan transport vositalarining traektoriyasi xususiyatlaridan foydalangan holda baholash hamda shahar yo‘lovchi tashish tizimini gеoinformatsion tеxnologiyalar qo‘llab boshqarish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha materiallar berilgan.

Hozirgi kunda barqaror rivojlanish konsepsiyasi va undan kelib chiqadigan barqaror transport tizimlari shaharlarni rivojlantirishga qo‘yiladigan talablar shahar ichi yo‘lovchi transportini (SHYT) ustuvor rivojlantirishni nazarda tutadi. Yakka tartibdagi avtotransport bilan raqobat sharoitida shahar ichi yo‘lovchi transportini yuqori ishonchli bo‘lishi, harakatlanish uchun qulay sharoitlarni ta’minlashi hamda uning jozibadorligini oshirishi kerak. Transport jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan zamonaviy talablar va yo‘l transportida bajariladigan transport sifati, tashishni rejalashtirishda yangi tashkiliy-texnologik yechimlarni dastur-maqsadli va logistika tamoyillari yordamida qo‘llash zarurligini taqozo etadi [1-3].
#geoaxborot tizimi #transport #trayektoriya #shahar #yo‘lovchi #tashish tizimi #tеxnologiya.