Annotatsiya
Maqolada ipak fibroini gidrolizatini dialdegid kraxmal bilan modifikatsiyalash jarayonining kimyoviy kinetikasi va mexanizmi tadqiq qilingan. FTIR-spektroskopiya yordamida boshlang‘ich va modifikatsiyalangan fibroinning tuzilishi taqqoslangan: yangi C=N (Schiff asoslari) va C–N polosalari paydo bo‘lishi, Amid A polosasining sezilarli pasayishi tasdiqlangan. Reaksiya pseudo-birinchi tartibli kinetik tenglama bilan tavsiflanadi, 30 dan 60 °C gacha bo‘lgan harorat intervalida tezlik konstantasi 0,0080 dan 0,0860 min⁻¹ gacha o‘zgaradi. Arrhenius koordinatalarida olingan to‘g‘ri chiziq (R² = 0,9985) yordamida reaksiyaning faollanish energiyasi Eₐ = 66,4 kJ/mol, oldindagi koeffitsienti A = 2,25·10⁹ min⁻¹ ekanligi aniqlangan. Reaksiyaning optimal pH qiymati 5,1 ga teng bo‘lib, bu Schiff asoslari hosil bo‘lishining nazariy bashoratlariga to‘liq mos keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Vepari C., Kaplan D.L. Silk as a biomaterial // Progress in Polymer Science. – 2007. – Vol. 32, № 8-9. – P. 991–1007.
2. Murphy A.R., Kaplan D.L. Biomedical applications of chemically-modified silk fibroin // Journal of Materials Chemistry. – 2009. – Vol. 19, № 36. – P. 6443–6450.
3. Layer R.W. The chemistry of imines // Chemical Reviews. – 1963. – Vol. 63, № 5. – P. 489–510.
4. Belitz H.-D., Grosch W., Schieberle P. Food Chemistry. – 4th ed. – Berlin–Heidelberg: Springer, 2009. – P. 13–48 (Amino acids, peptides, proteins).
5. Veelaert S., de Wit D., Gotlieb K.F., Verhé R. The gelation of dialdehyde starch // Carbohydrate Polymers. – 1997. – Vol. 32, № 2. – P. 131–139.
6. Karimov A.B., Tursunova S.O. Pilla fibroinining dialdegid kraxmal bilan kimyoviy modifikatsiyasi va FTIR-tahlili // O‘zbekiston kimyo jurnali. – 2023. – № 4. – B. 64–71.
7. Atkins P., de Paula J. Physical Chemistry. – 11th ed. – Oxford: Oxford University Press, 2018. – Ch. 17–18 (Chemical kinetics).