Annotatsiya

Transport vositalaridan chiqarilayotgan zaharli gazlarning miqdorini kamaytirishda spirtdan foydalanish” mavzusida ilmiy-konstruktorlik ishlari olib borilmoqda. Spirt bevosita avtomobil dvigatel bo‘limiga o‘rnatilgan va ishlangan gazlarning harorati yordamida ishlovchi reaktorda bug‘ga aylantiriladi va kiritish quvuri orqali dvigatel silindrlariga yuboriladi. Sinov natijalariga ko‘ra “Kobalt” avtomobilida dvigatelning quvvati 2,32 foizga ortdi, benzin sarfi 2,88 foizga kamaydi. Ishlangan gazlar tarkibidagi CO miqdori 1,91 marta, CH- 3,26 marta va NO miqdori 1,05 martagacha kamaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar va boshqa hujjatlar to‘g‘risida”gi PQ- 3956-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21-fevral "O‘zbekiston-2030" strategiyasi" PF-37-son farmonining 26/b, 27 bandlari va 26/b bandida ...2030-yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida “YEVRO- 5” va undan yuqori standartlarga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanishi belgilangan [1].
#Muqobil energiya manbai #zaharli gaz #spirt reaktori #spirt #bug‘i #kiritish quvuri #“Kobalt” avtomobili #dvigatelning quvvati #benzin sarfi #CO miqdori #CH miqdori #NO miqdori #iqtisodiy samaradorlik.