Annotatsiya

Ushbu tadqiqot sarimsoqpiyozni kovlab olish jarayonida ish organining qamrash kengligini uning texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini eksperimental asoslashga bag‘ishlangan. Tajribalarda qamrash kengligi 280, 300, 320 va 340 mm bo‘lgan ish organlaridan foydalanilib, tuproqning uvalanish darajasi hamda sarimsoqpiyozni kovlab olish to‘liqligi baholash mezonlari sifatida qabul qilindi. Tadqiqot natijalari qamrash kengligi 280 mm dan 320 mm gacha oshirilganda tuproqning uvalanish darajasi va kovlab olish to‘liqligi ortishini, 320 mm dan keyin esa ushbu ko‘rsatkichlarning pasayishini ko‘rsatdi. Ish organining o‘rnatilish burchagi 40° va qamrash kengligi 320 mm bo‘lganida sarimsoqpiyozni kovlab olish to‘liqligining maksimal qiymati 99,1 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar sarimsoqpiyoz yig‘ishtirish qurilmalarining ish organi parametrlarini pushta o‘lchamlari va hosilning ildiz zonasiga muvofiq tanlash hamda kovlash jarayonida hosil yo‘qotishlarini kamaytirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1.   https://lex.uz/pdfs/4567334

2.   https://lex.uz/ru/pdfs/4457272

3.   https://lex.uz/uz/pdfs/4810300

4.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853- son «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi Farmoni.

5.    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-son «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarori.

6.    Abdulxayev X.G‘., No’monov N. F., Mamanazarov B., Ma’rufxo‘jayev M. Sarimsoqpiyoz yig‘ishtirish qurilmasini ishlab chiqishga doir // Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi: muammо va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. NamMQI, Namangan – 2024. B. 324-326. https://qurilishtalim.uz/index.php/1/issue/view/15

7.       Abdulxayev X.G‘., No’monov N.F. Yangi konstruksiyadagi sarimsoqpiyoz yig‘ishtirish qurilmasi // Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi: muammо va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. NamMQI, Namangan – 2024. B. 332-335. https://qurilishtalim.uz/index.php/1/issue/view/15

8.       Abdulxayev X.G‘., No’monov N. F. Sarimsoqpiyoz yig‘ishtirish uchun tajribaviy qurilma // International Multidisciplinary Conference Hosted from Manchester, England 25.07.2023 yil   b-34-35 https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/2733

9.       Dospexov B.A. Metodika polevogo opyta s osnovami statisticheskoy obrabotki rezul'tatov issledovaniy. Uchebnoye posobiye. 5-ye izd. dop. i pererab. – Moskva: Agropromizdat, 1985. – 351 s. 

10.     O’z DST 3412:2019 “Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi mashinalar va qurollar. Sinov dasturi va usullari”. – Toshkent, 2019. – 52 bю

11.    Ismoilov S.U., Xusаnov R.X. Аsosiy qishloq xo‘jаligi ekinlаrini pаrvаrishlаsh vа mаhsulot etishtirish bo‘yichа nаmunаviy texnologik kаrtаlаr 2006-2010 yillаr uchun II qism. –Toshkent, 2006. –B. 104-106.

#sarimsoqpiyoz #yig‘ishtirish qurilmasi #kovlaydigan ish organi #qamrash kengligi #tuproqning uvalanish darajasi #kovlab olish to‘liqligi #pushta #ish organi parametrlari.