Annotatsiya
Maqolada o‘ziyurar meva teruvchi mashina va konteyner tashiydigan ikki o‘qli tirkamadan iborat agregatning tormozlanish jarayonida g‘ildiraklar o‘qlari bo‘yicha normal yuklanishlarning qayta taqsimlanishi tadqiq etilgan. Nishablikda tormozlanish, ilmoq kuchi va bo‘g‘inlar tormozlarining nomutanosibligini hisobga oluvchi kvazistatik bog‘liqliklar, o‘qlarning dinamik yuklanish koeffitsientlari va talab etiladigan ilashish koeffitsientlari uchun ifodalar olindi. Shinalarning vertikal elastikligi hisobga olingan holda har bir bo‘g‘in korpusining vertikal va galopirlash tebranishlarini tavsiflovchi ikki erkinlik darajali model tuzilib, tormoz momentining bo‘lakli-chiziqli o‘sishida o‘qlar yuklamalarining o‘tkinchi jarayoni o‘rganildi. Hisobiy parametrlarda 2,5 m/s2 sekinlanishda mashina orqa o‘qining yuklamasi 20 % ga kamayishi, tormoz momentining 0,1 s va undan tez o‘sishida esa dinamik yuklanishlar kvazistatik qiymatdan 1,5–1,7 marta oshib, orqa g‘ildiraklar uchun talab etiladigan ilashish 0,60 dan 0,67–0,69 gacha ortishi ko‘rsatildi. Tirkamada tormoz kuchlarini o‘qlar orasida teng taqsimlash tormozlanish samaradorligini 0,64 bilan cheklashi, oldingi o‘q ulushini 0,65 gacha oshirish esa uni 0,80–0,94 gacha ko‘tarishi asoslandi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz.
2. Norchayev D.R. va boshq. Respublikamiz intensiv bog‘larida yetishtirilayotgan mevalarni yig‘ishtirishning mexanizatsiyalashgan yechimlari // Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. – Buxoro, 2025. – B. 133–138.
3. Norchayev D.R. va boshq. Intensiv bog‘lardagi mevalarni yig‘ishtiradigan mashina parametrlarini nazariy asoslash // Qurilish va ta’lim ilmiy jurnali. – Namangan, 2026. – B. 428–432.
4. Norchayev D.R. va boshq. Intensiv bog‘lar uchun mo‘ljallangan o‘ziyurar meva yig‘ishtirish mashinasining burilish xususiyatlarini tadqiq etish // Agro ilm – O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. – Toshkent, 2026. – B. 160–163.
5. Литвинов А.С., Фаробин Я.Е. Автомобиль: теория эксплуатационных свойств. – М.: Машиностроение, 1989. – 240 с.
6. Гуськов В.В., Велев Н.Н., Атаманов Ю.Е. и др. Тракторы: Теория / Под общ. ред. В.В. Гуськова. – М.: Машиностроение, 1988. – 376 с.
7. Ahokas J., Kosonen S. Dynamic behaviour of a tractor–trailer combination during braking // Biosystems Engineering. – 2003. – Vol. 85, No. 1. – P. 29–39. https://doi.org/10.1016/S1537-5110(03)00035-7
8. Aykan H., Çarman K., Canlı E., Ekinci Ş. Evaluation of tractor-trailer combination braking performance in different operating conditions // Süleyman Demirel University Journal of Natural and Applied Sciences. – 2023. – Vol. 27, No. 2. – P. 219–225. https://doi.org/10.19113/sdufenbed.1191413
9. Железнов Р.Е. Обоснование и методика выбора параметров сцепного устройства малотоннажного автопоезда: автореф. дис. … канд. техн. наук. – Волгоград: ВолгГТУ, 2016.
10. Кисуленко Б.В. Повышение устойчивости движения автопоездов выбором масс их звеньев: автореф. дис. … канд. техн. наук. – М., 1983.