Annotatsiya
Mazkur маqolada makkajo‘xori urug‘ining ekish apparatidan tuproqqa tushishda urug‘ni tushish shartlaridan kelib chiqib, uning diametri, urug‘ni urug‘ uyasidan chiqishdagi boshlang‘ich tezligi va g‘altakdan urug‘ni tushish burchagiga asosan uning koordinatalar sistemasidagi harakat qonunini aniqlab, shu asosda urug‘ni tushish balandligi uzunligi va vaqtini hisoblash ifodasi keltirib chiqarilgan.
Makkajo‘xori urug‘ining ekish apparatidan tuproqqa tushishiga oid ko‘rib chiqilgan tadqiqotlarga ko‘ra, g‘altakdagi urug‘ uyalariga bunker ostidagi urug‘ qatlamlaridan va g‘altak bilan urug‘lar uyumi tutashuvchi qismidan urug‘ tushadi. Qolganlari esa g‘altakdagi urug‘ uyalarida joy bo‘lmagani bois, keyingi harakatga o‘tishga majbur bo‘ladi.
Urug‘ni tushish shartlariga kelsak, ular olib borilgan ilmiy izlanishlarda batafsil ko‘rib chiqilgan [1–3].
Asosiy qism. Urug‘larni g‘altakdagi urug‘ uyasidan chiqqandan keyingi holatini ko‘rib chiqaylik (1-rasm). Bunda urug‘ni massasini m deb qabul qilsak, ekish apparatining urug‘ tushish tirqishi kengligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi [4]:
#urug‘ o‘lchami
#g‘altak radiusi
#urug‘ diametri
#urug‘ uyachasi
#urug‘ kengligi
#uzunligi va qalinligi.