Annotatsiya

Maqolada avtomobillar servisi korxonalarida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari sifatini oshirish tizimini shakllantirish va bu jarayonga moddiy-texnik ta’minotni optimallashtirish bilan ehtiyot qismlar sifatining ta’siri va zarur ehtiyot qismlarni kerakli muddatda, kerakli sifatda, kerakli joyda, eng kam mehnat, vaqt va moddiy xarajatlar bilan ta’minlash, ehtiyot qismlarni saqlash va taqsimlashni me’yorlash va rejalashtirish hamda ehtiyot qismlar xarid qilish va sarflash me’yorlarini belgilash, xarajatlar nazorati va shaffofligini kuchaytirishga, binobarin, tannarxni nazorat qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining sifatini ta’minlash uchun ishlatiladigan ehtiyot qismlarning sifati katta ahamiyatga ega. Biroq, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ehtiyot qismlar sifatini davlat tomonidan nazorat qilish tizimi jiddiy o‘zgarishlarga uchradi, bu esa har bir korxonadan ishlatiladigan materiallarga kirish nazoratini joriy etishni talab qiladi. Avtomototransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun ehtiyot qismlar va materiallar bergan ijrochi ularning sifati uchun O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga muvofiq sotuvchining tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlar uchun javobgarligi qoidalari bo‘yicha javob beradi.
#avtomobil #sifat #ehtiyot qism #texnik xizmat ko'rsatish #ta'mirlash #logistika #sifat nazorati #materiallar #tovarlar #optimallashtirish #xaridlarni tartibga solish #xaridlarni rejalashtirish.