Annotatsiya

Paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalash, qurilmaning energiya tejamkorligini oshirish va ishchi elementlarining mustahkamligini ta’minlash muhim ilmiy-texnik vazifalardan biridir. Tadqiqotning maqsadi takomillashtirilgan tozalash qurilmasining ishchi holatini baholash, to‘rli yuzada hosil bo‘ladigan deformatsiya va mexanik kuchlanishlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida eksperimental o‘lchash, kalibrlash va olingan signallarni tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Tenzorezistor, Uitson ko‘prigi, ossillograf va fotorezistor yordamida qurilmaning salt hamda yuklamali rejimlari o‘rganildi. To‘rli yuzaning turli nuqtalaridagi deformatsiya kattaliklari, tebranish ko‘rsatkichlari va mayda iflosliklarning tushish jarayoni qayd etildi. Olingan natijalar metall sterjenlarning mexanik mustahkamligini va qurilmaning turg‘un ishlash holatini baholash imkonini berdi. Shuningdek, elektron o‘lchash tizimi yordamida qurilma ish jarayonidagi o‘zgarishlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati aniqlandi. Tadqiqot natijalari tozalash qurilmasining konstruksiyasini takomillashtirish, ishchi elementlarning ishonchliligini oshirish va energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan texnik yechimlarni ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin

Foydalanilgan adabiyot

1.   Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28.01.2022 йилдаги ПФ-60-сон Фармони. 2022 - 2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт Стратегияси тўғрисида.

2.   Obidov A.A., Khudayberdiyeva D.A.      Improvement of a device for cleaning cotton from small impurities. Engineering, vol.17, No.8 2025.

3.   Inoyatova M., Mirzaboev B., Ahmadaliyeva D., Karimova Sh., Abduraximova M., Sharifjonov A. «Analysis of Technical-Constructive Capabilities and Problems of Cleaning Aggregates » Problems in the Textile and Light Industry in the Context of Integration of Science and Industry and Ways to Solve Them PTLICISIWS-2. AIP Conference Proceedings. Scopus 2023. 050004-1/ 050004-4.

4.   Shamshitdinov, M. (2024). Improvement of the Linter Machine and Development of Its Working Scheme. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 9(4), 356-361.

5.   Obidov, A., & Shamshitdinov, M. (2024). Reactive power compensation and start-up energy waste reduction of linter device electric motor. In E3S Web of Conferences (Vol. 515, p. 03013). EDP Sciences.

6.   Shamshitdinov, M. E. (2023). Critical pedagogy: challenging and transforming traditional education. Экономика и социум, (12 (115)-2), 378-380.

7.   Shamshitdinov, M. E. (2023). Cross-curricular teaching: breaking the boundaries of subject areas. Экономика и социум, (12 (115)-2), 381-383.

8.   Botirjon, A., & Maqsudbek, S. (2024). Determining the vibration frequency of the strength of the mesh surface of the lint cleaning machine. Universum: технические науки, 9(12 (129)), 5-8.

#paxta #mayda iflosliklar #tozalash qurilmasi #to‘rli yuza #mexanik kuchlanish #tenzorezistor #energiya tejamkorligi