Annotatsiya
Maqolada B30 sinfidagi beton tayyorlashda sement massasiga nisbatan 1 % miqdorida S-3 superplastifikatorini qo‘llashning beton mustahkamligi va iqtisodiy samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida kimyoviy qo‘shimchasiz tayyorlangan 50 ta kub namuna hamda sement massasiga nisbatan 1 % miqdorida S-3 superplastifikatori qo‘shilgan 50 ta kub namuna gidravlik press yordamida siqilishga sinovdan o‘tkazilgan. Sinov natijalariga ko‘ra, S-3 qo‘shimchasi qo‘llanilgan namunalar guruhining o‘rtacha kubik mustahkamligi nazorat guruhiga nisbatan taxminan 40 % yuqori bo‘lgan. Olingan natijalar asosida nisbiy mustahkamlik ko‘rsatkichini baholash hamda sement sarfini kamaytirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashga qaratilgan hisoblash modeli ishlab chiqilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. G‘oziyev U.A., Qodirova D.Sh. Beton va qorishmalar uchun qo‘shimchalar. - Toshkent, 2016.
2. Qosimov I. M. Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari. – Toshkent: Lesson Press, 2020. - 176 b.
3. ГОСТ 10180–2012. Бетоны. Методы определения прочности по контрольным образцам. – Betonning nazorat namunalari bo‘yicha mustahkamligini aniqlash usullari.