Annotatsiya

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yerlarining ekin turlariga mosligini baholash va prognozlash jarayonini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida avtomatlashtirish masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqotda tuproqning asosiy agroximik va fizik xususiyatlari, jumladan, pH muhit darajasi, namlik, azot, fosfor, kaliy miqdori, sho‘rlanish darajasi hamda relyef ko‘rsatkichlari asosida ekin turlarini tavsiya qilish modeli ishlab chiqilgan. Prognozlash jarayonida Random Forest algoritmidan foydalanilib, modelning aniqligi statistik baholash mezonlari orqali tahlil qilingan. Olingan natijalar sun’iy intellekt asosidagi yondashuv qishloq xo‘jaligida qaror qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Natijalar asosida ekinlarni oqilona joylashtirish, hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari asoslab berildi. Ish natijalari agrar sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish va aqlli dehqonchilik tizimlarini rivojlantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Qishloq xo‘jaligi tizimlarida hosildorlik ko‘plab agroekologik omillarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida tuproq xususiyatlari (pH, namlik, NPK moddalari), iqlim sharoitlari, yillik yog‘in, quyosh nuri, agrotexnik tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy usullarda ekin tanlash fermerning tajribasiga asoslanib amalga oshiriladi, bu esa ko‘p hollarda optimal natija bermaydi. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (SI) va ma’lumotlar tahlili texnologiyalarini qishloq xo‘jaligiga joriy etish bo‘yicha global tadqiqotlar faol olib borilmoqda. Agrotexnik jarayonlarga SI texnologiyalarini qo‘llash resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish va hosildorlikni barqaror oshirish imkonini beradi [1,2]. Ushbu tadqiqotning maqsadi - ko‘p manbali tuproq va iqlim ma’lumotlari asosida ma’lum hududga mos ekin turini aniqlovchi intellektual tizim yaratish hamda uning samaradorligini eksperimental jihatdan baholashdan iborat. Qishloq xo‘jaligi yerlarining turli ekin turlariga mosligini aniqlashda an’anaviy usullar ko‘p vaqt talab qiladi, ma’lumotlar yetarli darajada tizimlashtirilmagan va umumiy xolatni baholashda subyеktiv yondashuvlar ustunlik qiladi. SHuningdеk, tuproq, iqlim va agrotеxnik omillar o‘rtasidagi murakkab bog‘liqliklarni aniqlash, ularni avtomatlashtirilgan tizimda tahlil qilish imkoniyatlari chеklangan.
#Sun’iy intellekt #ekin mosligi #tuproq tahlili #Random Forest #mashinaviy o‘rganish #yer resurslarini boshqarish #big data #prognozlash modeli #raqamli qishloq xo‘jaligi