Annotatsiya
Maqolada elastik-dempferlovchi podshipnik tayanchli aylanuvchi val uchun zarbali yuklar, podshipnik radial tirqishi va yeyilish o‘rtasidagi teskari bog‘lanishni ifodalovchi dinamika va yeyilishning bog‘langan modeli taklif etilgan. Zarbada eng ko‘p yuklangan sharikdagi kuchning radial tirqishga bog‘liqligi podshipnikning nochiziqli Gers kontakti modeli bilan vaqt sohasida aniqlangan va Archard turidagi yeyilish qonuni bilan birlashtirilgan. Podshipnikni almashtirish oraliqlarining nisbati yeyilish koeffitsienti va zarba chastotasiga bog‘liq bo‘lmagan ko‘rinishda olingan. Ichki (IQT), ikki tomonlama (ITT) va ko‘p qatlamli (KQT) elastik-dempferlovchi podshipnik tayanchlarida almashtirish oralig‘i bazaviy tayanchga nisbatan abraziv yeyilish qonunida 1,14–1,25 marta, kontakt toliqishiga yaqin qonunda 1,45–1,91 marta ortishi aniqlangan (KQT > ITT > IQT). Natijalarni qo‘llash elastik qatlamning issiqlik holati bilan cheklanishi ko‘rsatilgan
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Harris T.A., Kotzalas M.N. Rolling Bearing Analysis. 5th ed. – Boca Raton: CRC Press, 2006.
2. Vance J.M., Zeidan F.Y., Murphy B. Machinery Vibration and Rotordynamics. – Hoboken: John Wiley & Sons, 2010.
3. Makhmudova Sh. Modeling and analysis of interactions in the rotor–bearing–housing system under variable loads // Material and Mechanical Engineering Technology. – 2026. – № 1.
4. Makhmudova S., Romanenko S. Comparative analysis of rigid and polyurethane-modified bearing supports in rotor systems // AIP Conference Proceedings. – 2026. – Vol. 3484. – 050007. https://doi.org/10.1063/12.0044802
5. Maxmudova Sh.A., Djurayev A., Jo‘rayev D.J. Arrali silindr uchun poliuretan va kaprolon qatlamli ko‘p qatlamli elastik-dempferlovchi podshipnik tayanchi // Qurilish va ta’lim ilmiy jurnali. – 2026. – T. 5, № 5. – B. 609–614.
6. Archard J.F. Contact and rubbing of flat surfaces // Journal of Applied Physics. – 1953. – Vol. 24, No. 8. – P. 981–988.
7. Song P., Trivedi A., Hawkins N., Graham A., Chapman D., Siviour C.R. Thermomechanical characterisation of polyamide 6 over a wide range of rates and temperatures // Polymer. – 2024. – Vol. 300. – 126907.
8. Белкин А.Е., Даштиев И.З., Семенов В.К. Математическая модель вязкоупругого поведения полиуретана при сжатии с умеренно высокими скоростями деформирования // Вестник МГТУ им. Н.Э. Баумана. Сер. Машиностроение. – 2014. – № 6. – С. 44–58.