Annotatsiya
Ushbu maqolada mikrogidroelektrstansiya gidroturbinasi konstruktiv parametrlari asosida simulatsion modellashtirilgan. Gidravlik turbinaning yuzasi, soni va ularning diametrlari o‘zgarishining inertsiya momentiga bog‘liqlik holda asoslangan. Ansys Fluent programma paketi Gidrodinamika masalalarini Chekli elementlar usulida (FEM- Finite Element Method ) bajarishga iqtisoslashgan mexanik programma paketi hisoblanadi. Ushbu paketda biz suvli muhitni ma’lum bir kichik kesimini harakatni ifodalab olish uchun tasvirlangan.
Mikrogidroelektrostantsiyalarda har xil turdagi turbinalar qo‘llaniladi. Biroq, dizayn va ishlash ko‘rsatkichlaridagi sezilarli farqlarga qaramay, mikro-GESlar uchun barcha gidroturbinalar bitta umumiy algoritm yordamida modellashtirilishi mumkin. Gidroelektrostansiyaning aylanish tezligiga aylanadigan qismlarining inersiya momenti bog‘liq. Inersiya momentining kattaligi, o‘z navbatida, generator rotorining massalari va gidravlik turbinaning yuzasi, soni va ularning diametrlariga bog‘liq. Elektr qurilmalar uchun inersiya momenti konstantasining qiymati elektromagnit konstantalardan ancha katta. Shunga ko‘ra, gidravlik turbinaning haqiqiy momentiga mos keladigan qilib matematik tavsifini aniqlik bilan modellashtirilgan.
Usullar. Mikro-GESning matematik modelidagi gidravlik turbina-generator bloklarini bog‘laydigan harakat tenglamasi[1; 6-8-b]:J dω/dt=M_m+M_g
#mikrogidroelektrstansiya
#gidroturbina
#simulyatsion model
#suv oqimining dinamikasi
#inertsiya moment.