Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda xalq ertaklarini o‘rgatish samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Xalq ertaklarini o‘qitishda taqdimot va vizualizatsiya vositalari, audio va videoresurslar, interaktiv topshiriqlar, viktorina va o‘yinlar, hamkorlik platformalari hamda raqamli hikoya yaratish texnologiyalaridan foydalanish usullari tahlil qilingan. Ayniqsa, raqamli hikoya (digital storytelling) texnologiyasining o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi, ijodiy fikrlashi, vizual tafakkuri, texnologik savodxonligi va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, raqamli vositalarni ertak darslarining tayyorgarlik, idrok etish, tahlil, ijodiy qayta ishlash va refleksiya bosqichlariga integratsiya qilish modeli hamda “Susambil” ertagi asosida raqamli ertak yaratish metodikasi ko‘rsatib berilgan. Raqamli texnologiyalardan foydalanishda kognitiv yuklamani me’yorlash, ekran vaqtini cheklash, internet xavfsizligi, mualliflik huquqi va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarni maqsadli va interfaol metodlar bilan uyg‘unlashtirish xalq ertaklarini o‘qitishning qiziqarliligi, samaradorligi va o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni // lex.uz.

2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni // lex.uz.

3. M. Jo‘rayev, J. Eshonqulov “Folklorshunoslikka kirish”, o‘quv qo‘llanma, Toshkent-2017.

4. “O‘zbek xalq ertaklari”, Yangi asr avlodi nashri, Toshkent-2017.

5. Sobirova M. Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish. Metodik ko’rsatma. –Namangan, 2019 yil. 44 bet.

6. Sobirova M. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda oilaning o’rni. Содружество культур. Международный сборник научных статей. Совместный проект НамГУ и Российского государственного педагогического университета им. А.И.Герцена. –Наманган. 2020. -ст.445-450.

7. Sobirova M. Zamonaviy metodlar asosida jahon bolalar adabiyotini o’qitish usullari tadqiqi. “Ilm-fan, ta’lim va san’at integratsiyasi: istiqbolli rejalar” mavzusidagi xalqaro konf.materiallari. Shыmkent, 18.11.2023. – B.725-728.

8. Abdullayeva M. Ertaklar orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirishda suratlardan foydalanish usulini takomillshtirish. “Modern Science and Research” is awarded by the editorial board of the international scientific journal. 2026.

9. Robin B.R. Digital storytelling: A powerful technology tool for the 21st century classroom // Theory Into Practice. – 2008. – Vol. 47, No. 3. – P. 220–228.

 

#boshlang‘ich ta’lim #xalq ertaklari #raqamli texnologiyalar #raqamli ta’lim #raqamli hikoya #digital storytelling #interaktiv topshiriqlar #multimedia #audio va videoresurslar #interfaol metodlar #ertak xaritasi #raskadrovka #ijodiy fikrlash #nutqiy kompe