Annotatsiya
Ushbu maqolada ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy usullari va mexanizmlari tahlil qilingan. Ma’lumotlar bazalarida saqlanadigan axborotni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish va oshkor etilishdan himoyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot doirasida Oracle Database, MySQL va Microsoft SQL Server tizimlarida qo‘llaniladigan autentifikatsiya, avtorizatsiya, audit va shifrlash mexanizmlarining xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mazkur tizimlarning himoya vositalari, afzalliklari va ayrim cheklovlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligini ta’minlashda foydalanuvchilar huquqlarini boshqarish, tizimdagi hodisalarni qayd etish va ma’lumotlarni shifrlash mexanizmlaridan kompleks foydalanish muhimligini ko‘rsatadi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Date, C. J. An Introduction to Database Systems. 8-nashr. Moskva: «Вильямс» nashriyot uyi, 2005. – 1328 b.
2. Alapati, S. R. Oracle Database 11g: Руководство администратора баз данных. Moskva: «Вильямс» nashriyot uyi, 2005. – 1440 b.
3. Kirillov, V. V. Введение в реляционные базы данных. Sankt-Peterburg: БХВ-Петербург, 2009. – 464 b.