Annotatsiya
Maqolada WC–Co tipidagi qattiq qotishma chiqindilarini gidrometallurgik qayta ishlashda hosil bo‘ladigan sulfatli eritmalardan kobaltni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish natijalari keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi – yuqori tozalikdagi kobalt birikmasini olish va texnologiyaning har bir bosqichi uchun asosiy omillarning maqbul qiymatlarini aniqlash. Eritma ketma-ket misdan temir kukuni bilan sementatsiya, temirdan H2O2 bilan oksidlab pH 3,8 da gidrolitik cho‘ktirish, rux va marganesdan D2EHPA bilan pH 3,0 da ekstraksiyalash usullarida tozalandi. Kobalt nikeldan Cyanex 272 bilan pH 5,8–6,0 da ajratildi, bunda ajratish koeffitsiyenti β(Co/Ni) 636 ga yetdi. Reekstraktdan kobalt oksalat ko‘rinishida cho‘ktirilib, 500 °C da kuydirilganda tarkibida 99,6 % Co3O4 bo‘lgan mahsulot olindi, kobaltning umumiy ajratib olinish darajasi 95,4 % ni tashkil etdi. Taklif etilgan texnologiya qattiq qotishma chiqindilarini kompleks qayta ishlash uchun tavsiya etiladi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Shonazarova Sh.I., Karimov M.M., Uralov J. Cobalt in the global economy: a strategic and scarce mineral resource // International Journal of Scientific Bulletin. – 2025. – Vol. 2, No. 2.
2. Шоназарова Ш.И., Пармонов С.Т., Каримов М.М., Самадов А.У. Современное состояние добычи вольфрама и повторной регенерации его отходов в Узбекистане // Цифровые технологии в промышленности. – 2024. – Т. 2. – ISSN 3030-3214.
3. Lee J.-C., Kim E.-Y., Kim J.-H., Kim W., Kim B.-S., Pandey B.D. Recycling of WC–Co hardmetal sludge by a new hydrometallurgical route // International Journal of Refractory Metals and Hard Materials. – 2011. – Vol. 29. – P. 365–371.
4. Shemi A., Magumise A., Ndlovu S., Sacks N. Recycling of tungsten carbide scrap metal: A review of recycling methods and future prospects // Minerals Engineering. – 2018. – Vol. 122. – P. 195–205.
5. Flett D.S. Cobalt-nickel separation in hydrometallurgy: a review // Chemistry for Sustainable Development. – 2004. – Vol. 12. – P. 81–91.
6. Шоназарова Ш.И., Уралов Ж.Р., Каримов М.М., Пармонов С.Т. Влияние химической природы реагентов системы на процесс сорбции ионов кобальта // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. – 2025. – № 10 (139).
7. Devi N.B., Nathsarma K.C., Chakravortty V. Separation and recovery of cobalt(II) and nickel(II) from sulphate solutions using sodium salts of D2EHPA, PC 88A and Cyanex 272 // Hydrometallurgy. – 1998. – Vol. 49. – P. 47–61.
8. Ritcey G.M., Ashbrook A.W. Solvent Extraction: Principles and Applications to Process Metallurgy. Part II. – Amsterdam: Elsevier, 1979.