Annotatsiya

Maqolada nasos stansiyalarining naporli quvurlarida oqim butunligi uzilishi bilan kechadigan gidravlik zarba paytida erigan gazning ajralib chiqishini hisobga olgan holda vakuumni aniqlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Kichik geodezik naporlar (10-20 m) uchun nazariy hisoblash va tajribaviy kuzatishlar natijalari qiyoslangan. Taklif etilgan hisoblash yondashuvi natijalarining tajriba ma’lumotlari bilan qoniqarli mosligi qayd etilgan. Natijalar gidravlik zarbaning birinchi fazasida minimal bosimni baholashda erigan gazning ta’sirini inobatga olish zarurligini ko‘rsatadi. Taklif etilgan usul bo‘yicha hisobiy vakuum naporining tajribadan o‘rtacha absolyut farqi 0,26 m (o‘rtacha nisbiy xato 4,1 %), R.E. Trozyan formulasi bo‘yicha esa 0,44 m (5,9 %) ekani aniqlandi; ayrim tajribalarda farq 1,0 m gacha yetadi. Bu erigan gazni hisobga oluvchi metodikaning muhandislik hisoblari uchun yaroqliligini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Арифжонов А.М., Жонкобилов У.У. Гидравлический удар в однородных и газожидкостных напорных трубопроводах: монография. – Ташкент: ТИИИМСХ, 2018. – 142 с.

2. Jonkobilov U., Rajabov U., Jonkobilov B., Ulugmuradov M. Otritsatelnyy gidravlicheskiy udar s razryvom sploshnosti potoka // Iqlim o‘zgarishi va suv resurslari gidrologiyasi. – Toshkent, 2023. – B. 169–176.

3. Жонкобилов У.У. Исследование максимальных напоров при гидравлическом ударе с разрывом сплошности в газожидкостном напорном потоке // Вестник ТашГТУ. – 2018. – № 4. – С. 132–138.

4. Дикаревский В.С., Татура А.Е. О величине вакуума при гидравлических ударах // Гидравлический удар в трубопроводах. – Л.: ЛИИЖТ, 1971. – Вып. 321. – С. 110–124.

5. Jonkobilov U.U. Methodology of calculation and exploration of rupture at hydraulic impact // European Science Review. – 2018. – № 7–8. – P. 215–217.

6. Трозян Р.Е. Исследование гидравлического удара в трубопроводах при понижении давления: автореф. дис. … канд. техн. наук. – Ереван, 1965. – 24 с.

7. Зуйков А.Л. Гидравлика. – М.: МИСИ–МГСУ, 2014. – 518 с.

#nasos stansiyasi; gidravlik zarba; vakuum; naporli quvur; erigan gaz; oqim butunligining uzilishi