Annotatsiya

Maqolada ildizmevali sabzavotlarni hosilini yig‘ishtirishda ularning palagini sifatli ajratib, davlat standartlari asosida iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlash uchun palaklarni talablarga muvofiq qirqish masalasi keltirilgan.Ildizmevalilar palaklarni sifatli qirqish kop jihatidan kopirlash mexanizmlarining konstruktiv parametrlariga hamda ularni o‘rnatish joylariga bog‘liq bunda kopirlash zonasidan qirqish zonasigacha minimal masofa, qirqish jarayonida kopir bilan ildizmeva boshchasi orasida doimiy kontaktning mavjudligi muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasida piyoz, sabzi, qand lavlagi, xashaki va xo‘raki lavlagi, karam, kartoshka va boshqa ildizmevalilar hamda sabzavotlar yetishtiriladi. Mavjud sabzavot yetishtirish mashinalari parki silliq yuzada yetishtirish texnologiyasiga yo‘naltirilgan, butlanmagan, ma’nan va jismonan eskirgan. Sabzavot yetishtirishda ularni tor profilli pushtalarda yetishtirish texnologiyasiga o‘tish ko‘zga tashlanmoqda. Mexanizatsiyalash darajasi bo‘yicha sabzavot ekinlarini yig‘ishtirish va yig‘im-terimdan keyin ularga ishlov berish ularni yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalardan (tuproqqa ishlov berish, ekish, o‘simliklarni parvarish qilish va boshqalar) orqada qolmoqda. Yig‘im-terim ishlarining mehnat sig‘imi ushbu ekinlarni yetishtirish uchun umumiy harajatlarning 50-80 foizini tashkil etadi. Shuning uchun hosilni yig‘ib-terib olish va yig‘im-terimdan keyingi ishlov berishni mexanizatsiyalashtirish eng dolzarb masalalardan biridir [1-3].
#g‘altaksimon kopir #taroqsimon kopir #pichoq #biter #palak #ildizmeva #kopirlash zonasi #qirqish zonasi #ildizmeva boshchasi #rotorli baraban #korrelyatsion bog‘lanish #inertsiya kuchi #geometrik va kinematik parametrlar #ilgarilanma tezlik #koronkalar #ka