Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida dars jadvalini avtomatik ravishda tuzish masalasi ko‘rib chiqilgan. Muammo yechimi sifatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan, xususan, genetik algoritmdan foydalanish taklif etiladi. Tadqiqot davomida jadval tuzish jarayonidagi asosiy muammolar – o‘qituvchilar, auditoriyalar va guruhlar kabi resurslarning vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi, mavjud cheklov va mezonlarning inobatga olinishi tahlil qilinadi. Taklif etilgan genetik algoritm asosidagi yondashuv dars jadvalini samarali va optimal shaklda shakllantirish imkonini beradi.
Dars jadvalini yaratish jarayoni murakkab kombinator optimallashtirish muammosiga kiradi [1-3]. Ushbu jarayonda ko‘plab mezonlar va cheklovlarni hisobga olish zarur. Odatda jadval tuzish amaliyoti qo‘lda bajariladi, bu esa katta vaqt sarfi va inson omiliga bog‘liq xatoliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, dars jadvalini avtomatik tarzda tuzish zamonaviy ta’lim tizimida dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada dars jadvalini avtomatik shakllantirish masalani Genetik algoritm [2,4,5] asosida yechish usullari keltirilgan.
Masalaning matematik ifodasi va belgilashlar
Qo‘tilgan masala doirasida quyidagicha matematik belgilashlarni joriy qilamiz:
G={g_1,g_2,…,g_n} - guruhlar to‘plami
T={t_1,t_2,…,t_m} - o‘qituvchilar to‘plami
R={r_1,r_2,…,r_k} - xonalar to‘plami
S={s_1,s_2,…,s_p} - fanlar to‘plami
D={d_1,d_2,…,d_a} - kunlar to‘plami
P={p_1,p_2,…,p_b} - soatlar to‘plami
"Time"=D×P={(d_i,p_j)∣d_i∈D,p_j∈P} - vaqt intervallari (masalan, paralar)
Har bir dars beshlik orqali ifodalanadi:
"lesson"=(g,t,r,s,τ), "bu yerda: " τ - vaqt intervali (d,p) juftligi, τ∈"Time" .
Masalaning umumiy sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
#sun’iy intellekt
#genetik algoritm
#dars jadvali
#optimallashtirish
#avtomatlashtirish
#cheklovlar.