Annotatsiya

Ushbu maqola Packet Tracer dasturida marshrutizatorlar va
kommutatorlarning ishlatilishi, modullar bilan bog‘liq funksional imkoniyatlari hamda ularni
tarmoq simulyatsiyasida qo‘llash usullari tahlil qilinadi. Maqolada turli xil Cisco
marshrutizatorlari va kommutatorlar, qurilmalarni quvvatini o‘chirib yoqish, konfiguratsiyani
saqlash, shuningdek “Generic” qurilmalar, modul turlari (Ethernet, optik, serial, modem) va
ularni o‘rnatish tartibi haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Tarmoq qurilmalari – tarmoqda o‘zaro aloqa o‘rnatishning asosi hisoblanadi. Ushbu bo’limda siz Packet Tracer dasturida mavjud bo‘lgan barcha tarmoq qurilmalari va ular uchun qo‘llaniladigan modullar bilan tanishasiz. Shundan so‘ng istalgan qurilmaga kerakli modulni o‘rnatib, ularni sozlashingiz mumkin bo‘ladi. Dastur shuningdek, o‘zgartirilgan qurilmalarni kelajakda qayta ishlatish uchun saqlash imkonini ham beradi. Agar siz Cisco IOS buyruqlarini bilmasangiz ham, “Tarmoq qurilmalarini sozlash” bo‘limidan so‘ng kommutator va marshrutizatorlarni barcha zarur buyruqlar yordamida sozlay olasiz [1]. Marshrutizatorlar. Marshrutizatorlar tarmoqlar (yoki mantiqiy segmentlar) o‘rtasida ma’lumot almashinishni ta’minlaydi. Packet Tracer’da istalgan marshrutizatorni “Fizik ko‘rinish” oynasidagi quvvat tugmasidan yoqish/o‘chirish mumkin (1-rasm).
#Packet Tracer #Marshrutizator (Router) #Kommutator (Switch) #Tarmoq qurilmalari #Modul (Ethernet #Fast Ethernet #Gigabit Ethernet #Serial #Optik #Modem) #Quvvatni boshqarish #Konfiguratsiya saqlash #Generic qurilmalar #WIC-modul #Tarmoq simulyatsiyasi #